Telegram Web Link
🇺🇿🇱🇻Latviyaga qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti kengaytiriladi

🤝 Oʻzbekiston va Latviya hukumati oʻrtasida fitosanitariya sohasida mustahkam hamkorlik oʻrnatilgan. Jumladan, pestitsidlarni roʻyxatga olish, ekin maydonlari va bogʻlarni samarali karantin koʻrigidan oʻtkazish, ilm-fan kabi yoʻnalishlarda qator loyihalar amalga oshirilgan.

Bunday loyihalarning afzalligi shundaki, Oʻzbekistonlik mutaxassislar Yevropa bozorlari talablari borasida bilim va koʻnikmalarini oshirib, eksport geografiyasi va mahsulot nomenklaturasini kengaytirish borasida hissa qoʻshib kelmoqdalar.

🔰Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida Latviyalik mutaxasislar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish masalasi koʻrib chiqildi. “Oʻzbekiston mahsulotlari eksportini koʻpaytirish uchun fitosanitariya tizimini takomillashtirish” loyihasiga start berilib, loyiha Latviya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalashtirilishiga erishildi.

🖊 Loyihaning dastlabki bosqichida Latviyalik ekspertlar oʻsimliklar himoyasi, tuproq va oʻgʻitlar tahliliga doir chora-tadbirlar hamda tomonlar uchun muhim boʻlgan boshqa yoʻnalishlar yuzasidan oʻrganishlar olib borib, tavsiyalari bilan oʻrtoqlashadilar.

👩🏻‍🔬Hamkorlikning dolzarb tarmoqlaridan biri — ilm-fan yoʻnalishidagi izlanishlar va tadqiqotlar boʻlib, bu borada oʻzaro tajriba almashinuvini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonlik mutaxassislarning Latviyaga, Latviyalik ekspertlarning Oʻzbekistonga muntazam tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.

#Latviya #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahrida "Uz-Segang" qo‘shma korxonasining intensiv bog‘lari bilan tanishdi. Shu bilan davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Farg‘onaga tashrifi yakunida Quvasoyda tashkil etilgan bog‘dorchilik majmuasi bilan tanishdi
#rasmiy_munosabat

⚡️ Rossiyaga eksport qilingan zararlangan mevalar taqdiri nima boʻldi?

📢 Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Orenburg oblastiga eksport qilingan mevalarda zararli organizmlar aniqlanganligi toʻgʻrisida xabarlar eʼlon qilindi.

👉 Holat yuzasidan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari tezkor surishtiruv olib borib, Rosselxoznadzor tomoni bilan muzokaralar olib bordi.

🖊 Elektron hujjatlar almashinuvi oʻrganilganda Rossiyaga joʻnatilgan partiya, yaʼni oʻrik va olxoʻri mahsuloti Namangan viloyatida yetishtirilganligi maʼlum boʻldi. Shu oʻrinda mevalar yetishtirilgan bogʻ mutasaddilari va fitosanitar sertifikatni rasmiylashtirib bergan inspektor bilan aloqa oʻrnatildi. Aniqlanishicha, eksportbop mevalar yetishtirishga ixtisoslashgan bogʻdan joʻnatilgan 13,68 tonna oʻrik va 2,5 tonnadan ortiq olxoʻri bilan birgalikda 3,75 tonna olma va 1 tonnadan ortiq nektarin ham ichki karantin inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan.

Mahsulotlar tegishli tartibga asosan teshirilgan va fitosanitar toza mevalarga ichki fitosanitar sertifikat rasmiylashtirib berilgan.

🐛 Xabarda eksport qilingan mahsulotda sharq mevahoʻrining tirik lichinkalari aniqlanganligi aytib oʻtilgan. Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, sharq mevaxoʻri – karantin zararkunandasi hisoblanib, olma, nok, behi, shaftoli, oʻrik, olxoʻri, olcha, doʻlana kabi daraxtlarga zarar yetkazadi. Hasharot 44 ta davlatda, jumladan Rossiya hududida ham tarqalgan.

🤝 Shu sababli bunday hollarda tirik lichinka aniqlangan mahsulot fumigatsiya qilinib, uning realizatsiyasiga ruxsat etiladi. Biroq karantin osti organizmi hisoblangan zararkunanda eksport boʻlayotgan hududda uchramasa mahsulot ortga qaytriladi yoki yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

✔️ Namangan viloyatidan eksport boʻlgan mahsulotlar fumigatsiya qilinib, tadbirkor yuk ortga qaytarilmaganini maʼlum qildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺Toshkent tumanida mineral o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar ishlab chiqilmoqda

🍇 Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, ekin ekish uchun mo‘ljallangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida Agrokimyoviy tahlil markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

👩‍⚕️ Ayni kunlarda Toshkent tumani va Agrokimyoviy tahlil markazi tomonidan agrokimyoviy xaritanomalar tarqatilmoqda. Ushbu xaritanomalar viloyat hududidagi yerlarning meliorativ holati, qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetativ holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

🚻 Unda fermerlarga har bir kontur uchun mineral o‘g‘itlardan tabaqalashtirilgan holda foydalanishning ilmiy me’yorlari belgilab berilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ekinlar hosildorligini oshirishda mahalliy o‘g‘itlar bilan bir qatorda mineral o‘g‘itlardan ham samarali va o‘z vaqtida foydalanish muhim ahamiyatga ega.

✔️ Misol uchun fosforli o‘g‘itlar o‘simliklarning ildizlari rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, kaliyli o‘g‘itlar o‘simlikning gul va mevalari shakllanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Xuddi shuningdek, azotli o‘g‘itlar o‘simlikning poyasi va barglari o‘sishida muhim ahamiyatga ega.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbarining Farg’ona viloyatiga tashrifi doirasida “Uzsegan” kompaniyasi hududida taqdimot namoyish etildi, intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish yo’nalishida Prezident tomonidan vazifalar belgilab berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍉 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda tarvuz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic  #export  #tarvuz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:23:51
Back to Top
HTML Embed Code: