Telegram Web Link
🍑 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda nektarin mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #nektarin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatidan yuborilgan yangi gilosning birinchi partiyasi Xitoyning Chendu shahriga yetib keldi.

🍒 “Chendu-Farg‘ona” savdo-uyi orqali Xitoyga yuborilgan, vazni 700 kg bo‘lgan O‘zbekiston yangi gilosining jo‘natmasi Chendu Tyanfu xalqaro aeroportida bojxonadan o‘tdi. Bu eksport qilinayotgan va keyinchalik mahalliy bozorda sotiladigan O‘zbekiston yangi gilosining birinchi partiyasi bo‘ldi.

✍️ Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining 2023-yil sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Farg‘ona viloyati va Sichuan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida joriy yilning 3-may kuni provinsiya markazi – Chendu shahrida “Farg‘ona savdo uyi” tashkil etilgandi.

❤️ Savdo uyi xitoylik ishbilarmonlarga Farg‘ona viloyatidan qator turdagi mahsulotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, xitoylik tadbirkorlarga viloyatimiz hududidan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyati ham taqdim etilgan.

➡️ Chenduga aviakargo orqali yetkazilgan viloyatimiz meva-sabzavotlari uchun bojxona rasmiylashtiruvi "yashil yo‘lak" mexanizmidan foydalangan holda uch soat ichida amalga oshirilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 G'o'za parvarishi bilan bog'liq jarayonlar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Hududlardan xabarlar: mamlakatimiz bo'ylab zararli chigirtkaga qarshi tunu kun kurash tadbirlari davom etmoqda 👆

🦗 Ayni kunlarda Andijon, Samarqand, Sirdaryo Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida o'tkazilgan kuzatuv-nazorat tadbirlarida aniqlangan zararli chigirtkalar to'dasiga qarshi tezkorlik bilan kimyoviy kurash tadbirlari samarali olib borilmoqda.

#chigirtka     #chigirtkaga_qarshi_kurash

karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident "Inno" innovatsion texnoparkida texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining loyihalari bilan tanishdi
Agentlikda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-sonli qarori 1-bandida Qonun bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi belgilangan.

💬 Shunga asosan, Agentlikda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati mavzusida tayyorlangan videodars asosida “Kasbiy ma’rifat soati” o‘tkazildi. Unda Agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

✍️ Taʼkidlanganidek, mazkur Qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

📝 Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilanganligi, o‘z navbatida, davlat tashkilotlari, ularning odob-axloq komissiyalari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda ichki nazorat vazifalarini amalga oshirishi aytib o‘tildi.

🟢 Shuningdek, “Kasbiy ma’rifat soati”da xodimga aloqador shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirish majburiyatlari belgilanganligi ham ta’kidlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Yakkabog‘dagi chigirtkalar: “havaskor video” chigirtka mavzusi yana avj olishiga sabab bo‘ldi

🖥 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida zararli chigirtka bosqiini yuz bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Holat zudlik bilan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, video muallifi Mansur Meliyev 19 iyun kuni Qashkadaryo viloyati O‘simliklar karantini v ahimoyasi boshkarmasi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatiga murojaat qilgan va murojaatga asosan o‘sha kunning o‘zida tasvirda aks etgan maydonda kimyoviy kurash tadbirlari amalga oshirilib, chigirtka xavfi bartaraf etilgan.

✍️ Ma’lumot uchun qayd etish lozim, chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari har yili an’anaviy tarzda voha hududlaridan boshlanadi. Sababi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati boshqa viloyatlarga nisbatan erta isiydi. Kimyoviy ishlov berish tadbirlari ham erta yakunlanadi. Asosiy bosqich ortda qolgan bo‘lib, hududda uchraydigan marokash chigirtkasining xayot faoliyati tabiiy yakunlanmoqda. Bunda chigirtkalar faol oziqlanishdan to‘xtaydi, shu sababli qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazmaydi.

📍 Ayni vaqtda aniqlanayotgan kichik to‘dalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Kuzatuv tadbirlari viloyatning G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Nishon, Chiroqchi, Yakkabog‘, Kitob tumanlarida davom etmoqda.

#chigirtka     #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Xasan Sobirov — Toshkent shahar O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi kinologi

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

🟢 2024-yil 25-iyun kuni soat 10:00da Qoraqalpog'iston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligida tashkilot faoliyati bilan tanishtirish maqsadida press-tur o'tkaziladi.

😄 Mazkur tadbirga OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarni taklif etamiz!

💬 Press-tur doirasida biologok mahsulotlarni yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlar, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari tafsiloti, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekasport qilishda karantin xizmatining ko'magi, mavsumda amalga oshirilishi lozim bo'lgan agrotexnik tadbirlar va sohaga oid boshqa  yangiliklar, muammolar yuzasidan  savollaringizga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin bo'ladi. O‘tkazib yubormang!

📍 Manzil: Kegeyli tumani, ''Júzimbaǵ'' OFY.
(Mo'ljal: Kegeyli stellasi)


Soat 9:00 da Agentlik tomonidan tashkil qilingan transport vositalarida Nukus shahri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosi oldidan markazlashgan holda  yo'lga chiqiladi.

📞 Murojaat uchun raqam:
+998 93 362 47 40   Sharap Sagidullayev

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
🟥🟥🟥

OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

🟢 2024-yil 25-iyun kuni soat 10:00da O'simliklar karantini va himoyasi agentligida press-tur o'tkaziladi.

💬 Press-tur doirasida Agentlikda tashkil etilgan Markaziy eksport shtabi, eksport-import operatsiyalarining olib borilishida tadbirkorlarga yaratilgan elektron platformalar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarishdagi jarayonlar hamda kinologiya xizmati vazifalari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Shuningdek, media soha vakillari sohaga oid boshqa yangiliklar, muammolar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishlari mumkin bo'ladi. O‘tkazib yubormang!

📍 Manzil: Toshkent shahri, Bobur 1-berk ko'chasi, 17-uy
(Mo'ljal: "Next" savdo-ko'ngilochar markazi)

📞 Murojaat uchun raqam:
+998 94 692 15 65 Jasur Ismoilov

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30 iyun – “Yoshlar oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

👫 30-iyun – Yoshlar kuni – davlatimiz yoshlarining hayotida muhim sana bo‘lib, 2017-yildan buyon davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonning milliy bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida ham ahamiyatli sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda direktorning o‘rinbosari Yunusov Ulugbek Mamajonovich, Qishloq xo‘jaligi vazirining Yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Dildora Imomova hamda Agentlik direktorining Yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Mirsaid Miraxmedov hamda hududlardan tashrif buyurgan yosh kadrlar, laboratoriya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar, karantin inspektorlari ishtirok etishdi.

💬 Muloqot chog‘ida yosh kadrlarni qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimi muhokama etildi. Shuningdek, yoshlar sohani takomillashtirishga oid takliflarini ilgari surishdi.

✍️ Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kunda Agentlik tizimida 1000 nafarga yaqin 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Tashkilotda yoshlar siyosatiga oid masala dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, ma’rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etilishi, yosh kadrlarning munosib rag‘batlarnitirishi, turli o‘quv kurslarida ishtirok etishiga ko‘maklashish, xalqaro tashkilotlarda malaka oshirishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

🟢 Uchrashuv doirasida tizim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish uchun tanlovlar va bellashuvlar o‘tkazish, kibersportni rivojlantirish, “Zakovat” o‘yinlari tashkil etilishini an’anaga aylantirish kabi takliflar bildirildi. O‘z navbatida Agentlik mutasaddilari chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, har bir viloyatda bu kabi yoshlarni birlashishiga turtki bo‘layotgan tadbirlarni muntazam o‘tkazish tarafdori ekanligini va bunday tadbirlar an’anaviy tarzda o‘tkazilishini bildirdi.

🎉 An’anaga muvofiq, bayram arafasida yoshlar safida o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh mutaxassislar taqdirlandi.

👉 RU
👉 ENG

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovun mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qovun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Mahalla" MTRKJanub quyoshida pishgan shaftoli eksport qilinmoqda👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 04:27:06
Back to Top
HTML Embed Code: