Telegram Web Link
🟢 O‘rikda qurt aniqlanganligi yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan o‘rik mahsuloti qurtlaganligi sababli qaytarilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

💬 Holatga oydinlik kiritish maqsadida Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) mutasaddilari bilan muzokaralar olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahsulot Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi bog‘da yetishtirilgan. 924 kilogrammlik o‘rik 6+ kalibrda bo‘lib, may oyining oxirgi sanalarida yuklangan. Yuk tegishli tartibda Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan.

📍 Orenburg viloyatida yuz bergan holat yuzasidan Agentlikka notifikatsiya (e’tiroznoma) jo‘natilmagan. Mahsulot fumigatsiya qilingani va ortga qaytarilmagani haqida ma’lum qilindi.

📈 Shu o‘rinda, Rossiya Federatsiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi ortganini ma’lum qilamiz. Joriy yilning yanvar-may oylari davomida qiymati $146 milliondan ortiq 223 ming tona qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qilingan. Shundan 10 ming tonnaga yaqini o‘rik mahsuloti.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Gullar eksporti oshmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o'rik mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥"Detektor itlar" fitosanitar xavfga ega mahsulotlarni aniqlaydi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 Bugun soat 16:00da da AOKAda brifing bo'lib o'tadi.

💬 Unda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma'lumot beriladi.

🗣 Brifingni AOKAning Facebook sahifasida onlayn kuzatib borishingiz mumkin!

#brifing #AOKA #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Ayni vaqtda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy agrotexnologiya - o'simliklar karantini va himoyasining muhim omili” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tmoqda.

🔴 Anjumanni masofaviy (onlayn) tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin👇

💬 https://us06web.zoom.us/j/4834846971?pwd=RmdrUVdEVEdtTTJ0ODFYdW5RSFdtZz09

#Karantin_yangilik #anjuman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarini qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil - Biznes ombudsmanning viloyatdagi vakili ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

👫 Mazkur seminarda tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirish davrida qonunchilik talablari asosida olib borish bo'yicha tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.

💬 Seminarda inspektorlar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Mushtariy Xo'jamova — Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident tomonidan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-931-son, 05.06.2024-y.) imzolandi

⚡️ Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

🖊 Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar toʻqnashuvi, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha maxsus boʻlinma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

➡️ Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:

🚩davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

🚩davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;

🚩davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.

🗂 Qonunga koʻra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

🖋 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
🟢 Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavotlarga  chegara o‘tkazish maskanlarida hujjatlar rasmiylashtiruvi tezlashtiriladi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez buziluvchan meva-sabzavotlarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va ichki fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirishida tezkorlik ta’minlanadi.

✍️ Ichki fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) maskanlarida tezkorlik bilan xalqaro namunadagi fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

🛂 Chegara punktlarida meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun navbatda turgan transport vositalarini tezkorlik bilan o‘tkazishda joylardagi bojxona organlari bilan hamkorlik kuchaytirilib, сhegara punktlarida hujjatlarni tegishli elektron baza orqali tekshirilishi 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Chegara punktlarida hosil bo‘ladigan tirbandliklar bo‘yicha tashkil etilgan Eksport shtablariga ma’lumotlar berib borilib, vaziyatning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashiladi.

🔬 Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi va hududiy fitosanitariya laboratoriyalari ekspertiza uchun kelib tushgan  mahsulotlar bo‘yicha qisqa muddatlarda laboratoriya ekspertizasi xulosasini taqdim qilishi ta’minlanadi.

🤝 Qo‘shni davlatlarning milliy karantin xizmatlari bilan chegara o‘tkazish punktlaridagi tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha doimiy muzokaralar olib boriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan brifing o'tkazildi 👆

#AOKA #brifing

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sabzi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Daraxtlar qurishining oldini olishda biologik usullardan foydalanilmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologik toza mahsulot sari olimlar bilan birga qadam tashlanmoqda

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy agrotexnologiya - o'simliklar karantini va himoyasining muhim omili” mavzusida ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tdi.

✍️ Tadbirda agentlik direktori Ibrohim Ergashev, ilmiy-tadqiqot instituti professorlari hamda institutda faoliyat olib boruvchi soha mutaxassislari qatnashdi. Anjumanda so'zga chiqqanlar qishloq xo‘jaligida yuqori va sifatli hosil olish yo'lida agrotexnik tadbirlarning o‘rni, mahsulotlarni zararkunandalardan himoya qilishning ilgʻor texnologiyalari ustida tadqiqotlar olib borish masalasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

💬 Shuningdek, olimlar ilm va ishlab chiqarishning integratsiyasini amaliyotga tatbiq etish borasida kuzatuvchilarni o'z ma'ruzalari bilan tanishtirdilar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta'minlashda kimyoviy dorilash usullaridan to'liq voz kechgan holda dalalarda brakon, trixogramma hamda oltin ko'z kabi bioagentlarni faol qo'llash hamda yuqori mahsuldorlikni ta'minlash hisoblanadi.

🔬 Bundan tashqari, yurtimiz biolaboratoriyalarida entomopatogen nematodalarni ko'paytirish, agroklaster va fermer xoʻjaliklari mutaxassislari uchun ekinlarni himoya qilish yo'lida innovatsion kurashish tizimlarini joriy etish masalalari ko'rib chiqildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 22:21:14
Back to Top
HTML Embed Code: