Telegram Web Link
📢📢 Samarqand viloyatining Narpay tumanida “Maroqand sifat” MChJ qoshidagi biolaboratoriyada press-tur boshlandi.

“Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalardan biologik himoyalash maqsadida ko‘paytirilayotgan biomahsulot (entomofag)larni agrar sohadagi ahamiyati”ga bag‘ishlangan tadbirda OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etmoqda.

#live #press_tur

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CABI: Kimyoviy pestitsidlar o'rniga biologik kurash usullarini tanlashingizning 5 ta sababi 🌿

🌱 1. Sog'ligingizni asrang:

Biologik kurash vositalari toksik emas, kimyoviy pestitsidlardan farqli o'laroq ular sizning sog'lig'ingizga nojo'ya ta'sir ko'rsatmaydi.

🌱 2. Sayyoramizni himoya qiling:

Biologik kurash - bu atrof-muhit bilan uyg'unlikda ishlaydigan tabiatning zararkunandalarga qarshi kurash usuli. Kimyoviy pestitsidlar ekotizimlarga salbiy ta'sir qiladi va foydali jonzotlarga zarar yetkazadi🐝

🌱3. Zararkunandalarda kimyoviy vositalarga chidamlilikni oshirmang:

Zararkunandalar ma'lum muddat o'tgash kimyoviy moddalarga ko'nikish hosil qiladi, ammo biologik kurash vositalari ularni nazoratda tutish uchun xizmat qiladi. 🦠

🌱 4. Zararkunandalarga aniq zarba bering:

Biologik kurash vositalari hatto yashirin joylashgan zararkunandalarni ham bartaraf etadi. Kimyoviy pestitsidlar esa o'z nishoniga aniq tegishi talab etiladi. 🕵️‍♀️🐛

🌱 5. Jahon bozorlariga eshiklarni oching:

Biologik kurash vositalari sog'liqni saqlash va ekologik standartlarga javob beradi, bu fermerlarga o'z mahsulotlarini butun dunyo bo'ylab sotish imkonini beradi. 🌍🤝

Sog'ligingiz, atrof-muhit va ekin maydoningiz kelajagi uchun oqilona tanlov qiling. Biologik kurash usullarini tanlang!💚

P.S.: Ushbu post CABIning rasmiy sahifasidagi maqola asosida tayyorlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪰 Qovun pashshasiga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bojxonachilardan kerakli tavsiya: tez buziluvchan meva-sabzavot ortilgan yuk mashinasi chegara-bojxona postidan chiqishda tirbandlikda qolib ketsa, nima qilish kerak? 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkasblarimiz tavsiya qilgan stiker 🔼

🐟🌷🍇 Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos boʻlgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna oʻng tomoniga) oʻrnatish tavsiya qilinadi.

Bu chegara-bojxona postlarida ushbu transport vositalarini navbatda qolib ketmasligi uchun alohida yoʻlakka yoʻnaltirishda muhim rol oʻynaydi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senat ishchi guruhi Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida

✍️ Oliy Majlis Senatining Аgrar va suv xoʼjaligi masalalari qoʼmitasi raisi Bahodir Tojiev boshchiligidagi ishchi guruhi Farg'ona viloyatida qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga oʼz vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini koʼrsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish boʼyicha belgilangan vazifalar bajarilishini ko’zdan kechirdilar. Ishchi guruhi Fargʼona viloyati Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Fitosanitariya laboratoriyasida boʼlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔬 Laboratoriyada bugungi kunda eksportga chiqarilayotgan pomidor, qalampir mahsulotlari tekshirilmoqda. “Ilgari bunday turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari poytaxt Toshkentda tekshiruvdan o’tkazilgan. Yaratilgan imkoniyat natijasida eksportyorlarga Farg’onaning o’zida xizmat ko’rsatyapmiz — deydi Laboratoriya mudiri Abdurauf Mahmudov ishchi guruhi bilan suhbatda.

💬 Mehmonlar laboratoriyaning ish jarayoni, yangi uskunalar va ular orqali tadbirkorlarga yaratilgan qulaylik bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek “Uz Segang” MCHJda gilos qadoqlash jarayonlariga guvoh bo’ldilar. Farg’onada 739 gektar gilos bog’larida ekportbop gilos yetishtirilmoqda. “Uz Segang” korxonasi Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatiga gilos eksport qilmoqda. Ishchi guruhi vakillar korxona rahbari hamda Koreyalik tadbirkor bilan eksport xususida suhbatlashdilar.

🟢 Senat ishchi guruhi Farg’ona viloyati O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida tashkil etilgan “Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi viloyat markaziy eksport shtabi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shtab tunu-kun tadbirkorlarning murojaatlari bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklarda kuzatiladigan bakterial rak va uni davolash yo‘llari

🦠Bakterial rak – asosan urug‘li va danakli meva daraxtlarini zararlaydi. Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, yirik daraxtlarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kasallik bahorda to‘satdan novda uchlaridagi gul va yosh barglarning qorayib, so‘lib, qurib qolishi bilan boshlanadi.

📌Kasallangan gul va barglar uzoq muddat, baʼzan kuzgacha tushib ketmay, novdalarda osilib qoladi. Bakteriyalar bargdan o‘tkazuvchi tomirlar orqali novdalarga o‘tadi. Zararlangan novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, qiyshayib qorayadi va quriydi.

Kasallikning inkubatsion davri 5-6 oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik yosh daraxtlarda tez rivojlanib, 1-3 yil ichida quritib qo‘yadi.

Qarshi kurash choralari:

– kuzda kasallangan mevalarni terib yo‘qotish;
– kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kesib yo‘qotish;
– hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kurashish;
– kesish paytida bog‘ asboblarini 0,5% li xloramin yoki 2% li formalin eritmasida tez-tez zararsizlantirib turish;
– kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3% li, o‘sshi davrida esa (gullashdan 10-12 kun keyin) 1% li "Bordo" suyuqligini purkash.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 18:16:49
Back to Top
HTML Embed Code: