Telegram Web Link
🔔 Italiyadan Samarqandga keltirilgan gul ko‘chatlari yo‘q qilindi

🔴 “Samarqand shahrida oilaviy korxona tadbirkorligi bilan faoliyat yurituvchi tashkilotga Italiya davlatidan 100 dona karantin ostidagi mahsulot atirgul ko‘chatlari hamda 100 dona Gardania grandiflora gullari olib kelingan.

🔬 Ushbu mahsulotlardan Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi O'KCHM davlat inspektorlari tomonidan namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza xulosasi uchun yuborilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu ko‘chatlar "Erwinia amylovora" bakterial kassalik qo‘zg‘atuvchi hamda "Prunus necrotic ringspot virusi" (danak mevali daraxtlarning nekrotik dog‘lanish kasalligi) va 100 dona Gardania grandiflora sitrus oq qanoti zararkunandasi borligi aniqlangan.

✍️ 100 dona Gardania grandiflora gullarida namli zararsizlantirish ishlari olib borilgan. Karantin osti mahsulotlari hisoblangan 100 dona atirgul ko‘chatlarini eksportyor davlatga qaytarib yuborishning imkoni yo‘qligi sababli, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining mas’ul xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoqib yo'li bilan yo'q qilindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G'o'za maydonlarida uchrovchi Tunlam kapalaklarini tutishda samaradorligi yuqori bo'lgan "SADISH"  tayyorlash jarayoni.

#karantin_tavsiya #sadish_suyuqligi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pestitsidlardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

🇩🇪🇺🇿 Farg‘ona viloyatida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlar Dario Ivich, Tina Fazinich, Vekoslav Markotich ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

👫 Unda Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi vakillari hamda shahar va tuman bo‘limlari fitosanitar inspektorlar qatnashishdi.

🌲 Seminar-trening "Pestitsidlardan barqaror foydalanish" mavzusiga bag‘ishlanib, unda mutaxassislar tomonidan pestitsidlarni saqlash, koʻchirish, ulardan foydalanishda muhofaza maydonlarini belgilab olish, toifalanishi borasida batafsil ma'lumotlar berildi. Va bu borada jahon xususan, Xorvatiya tajribasi taqdimot misolida ishtirokchilarga yetkazildi.

🤝 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida mutaxassislar tayyorlash borasida ham fikr almashildi.

💬 Shuningdek, seminarda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida pestitsidlardan foydalanish tajribalari muhokama qilindi.

✍️ Ma’lumot uchun, bunday seminar-treninglar respublikamizning barcha viloyatlarida navbatma-navbat tashkil etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦗 O'zbekiston hamda Turkmaniston hududidagi zararli chigirtkalarga qarshi kurashda muhim qadamlar tashlandi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O’simliklarni himoya qilish xizmati mutaxassislari hamkorligida Turkmanistonning Xo‘jambos, Qo‘ytendag va Farob tumanlari hamda O‘zbekistonning Olot, Qorako‘l, G‘uzor, Dehqonobod, Nishon tumanlaridagi transchegaraviy hududlarda zararli chigirtkalarni tarqalishi, rivojlanishi va kurash tadbirlarini olib borilishi bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazildi.

🔍 Kuzatuv davomida O'zbekiston hamda Turkmaniston hududlarining zararli chigirtka qoplagan jami 42,5 ming gektar maydoni o'rganib chiqildi. Ushbu hududdagi chigirtkalarning asosini Marokashdan uchib kelgan hashoratlar tashkil etgan bo'lib, ular har kvadrat metrga 10-15 tadan to'g'ri kelmoqda. Zararli chigirtka tarqalishini oldini olish maqsadida tezkorlik bilan qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.

❤️ Monitoring davomida mas'ullar chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi o‘z muddatida kimyoviy ishlov berish ishlarini olib borish hamda doimiy o'zaro axborot almashishga kelishildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda yaylovlarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida kimyoviy dozalarning to'g'ri va sifatli miqdorda yetkazilishini nazorat qilish va chegaradosh hududlarga chigirtkalar uchib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida kelishuvga erishildi.

#️⃣ Ma'lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo'ygan areallar ham ko'zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 04:23:54
Back to Top
HTML Embed Code: