🦗 O'zbekiston hamda Turkmaniston hududidagi zararli chigirtkalarga qarshi kurashda muhim qadamlar tashlandi ✅ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O’simliklarni himoya qilish xizmati mutaxassislari hamkorligida Turkmanistonning Xo‘jambos, Qo‘ytendag va Farob tumanlari hamda O‘zbekistonning Olot, Qorako‘l, G‘uzor, Dehqonobod, Nishon tumanlaridagi transchegaraviy hududlarda zararli chigirtkalarni tarqalishi, rivojlanishi va kurash tadbirlarini olib borilishi bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazildi.
🔍 Kuzatuv davomida O'zbekiston hamda Turkmaniston hududlarining zararli chigirtka qoplagan jami 42,5 ming gektar maydoni o'rganib chiqildi. Ushbu hududdagi chigirtkalarning asosini Marokashdan uchib kelgan hashoratlar tashkil etgan bo'lib, ular har kvadrat metrga 10-15 tadan to'g'ri kelmoqda. Zararli chigirtka tarqalishini oldini olish maqsadida tezkorlik bilan qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
❤️ Monitoring davomida mas'ullar chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi o‘z muddatida kimyoviy ishlov berish ishlarini olib borish hamda doimiy o'zaro axborot almashishga kelishildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda yaylovlarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida kimyoviy dozalarning to'g'ri va sifatli miqdorda yetkazilishini nazorat qilish va chegaradosh hududlarga chigirtkalar uchib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida kelishuvga erishildi.
#️⃣ Ma'lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov
oʻtkazilishi bashorat qilingan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo'ygan areallar ham ko'zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari olib borilmoqda.
❕ Eslatib o'tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul.
Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.
#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter