Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o'tkazildi

#AOKA #brifing

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CABI: hamkorlikning navbatdagi bosqichida ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar belgilandi

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev CABI vakillari bilan uchrashdi.

✍️ Ma’lumot uchun: CABI Hukumatlararo notijorat tashkilot bo‘lib, o‘simlik zararkunandalari va kasalliklarini aniqlash, diagnostika qilish, kasalliklar tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan butun dunyoda tan olingan.

💬 CABI tashkiloti vakillariga hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar holati, mamlakatimizda fitosanitariya sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan islohotlar, shunindek yaratilgan yangi axborot platformalari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Eksport bo‘yicha shtab faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqdilar:

CABI va “Agroko‘makchi” mobil ilovasi platformalarini o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish;
o‘simlik klinikalari orqali innovatsion yondashuvlarni tajriba-sinov tariqasida ommalashtirish;
pestitsidlar xavfini kamaytirish uchun biologik nazorat yechimlari va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan boshqaruvdan foydalanishni rag‘batlantirish;
asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun SPS muvofiqligini ishlab chiqish;
Milliy o‘simliklar salomatligi forumi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlash hamda zararkunandalarni bashorat qilish uchun tahlil qilish va foydalanish uchun ma’lumotlar integratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
mikrobial resurslarini himoya qilish va saqlash uchun mikrobial resurslarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
O‘zaro kelishuv asosida qishloq xo‘jaligiga oid axborot mahsulotlarini birgalikda nashr etish;
Ekspertlar va delegatsiyalar almashinuviga ko‘maklashish;
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
O‘quv kurslari, tahliliy seminar va uchrashuvlar tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash.

🤝 Belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Agentlik va CABI o‘rtasida fitosanitariya sohasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Farg'ona"Gilos eksporti bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quva bog‘larida pishgan o‘rik eksport qilinmoqda

📍 Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani qir-adirlarida pishgan o‘rik hosilini peshma-pesh xorijga eksport qilishga kirishildi. Tumanning “Turk” MFY hududida yillar davomida qishloq xo‘jaligida foydalanilmay yotgan dasht yerlarida bugungi kunda mevazor bog‘lar barq urib yashnamoqda.

✍️ “Ashurov Mo‘minjon” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan bundan uch yil oldin toshloq yerlar o‘zlashtirilib, 80 gektar maydonda Turkiyadan keltirilgan o‘rik ko‘chatlari ekilgan edi. Intensiv usulda parvarishlangan bog‘ ikki yilda hosilga kirdi. Hozirda o‘rik mevasi terib olinib, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiyaga eksportga jo‘natilyapti. Mirishkor bog‘bonlar joriy yilda 100 tonnadan ortiq meva eksport qilishni maqsad qilishgan.

Mevazor bog‘da Turkiya texnologiyasi asosida yuz foiz tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, bu suvni an’anaviy usulga qaraganda kamida besh-olti marotaba tejash hamda sug‘orish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berayotir. O‘z navbatida bunday zamonaviy yondashuv natijasida ko‘chatlar bir tekis rivojlanib, hosildorlik salmog‘i yuqori bo‘lishi ta’minlanyapti.

🌲 Meva-sabzavotchilik klasteri qoshida 8 gektar yerda ko‘chatchilik tarmog‘i yo‘lga qo‘yilib, bu yil mamlakatimiz bo‘ylab 2 milliard so‘mlik o‘rik ko‘chatlari yetkazib berildi. Hozirda 1 gektar yerda transport-logistika markazi bunyod etilyapti. Bu yerda mahsulotni qadoqlash, yuklash mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, 2 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborxona tashkil etiladi.

👫 Bugungi kunda 70 ta doimiy va 200 dan ziyod mavsumiy ish o‘rni yaratilgan meva-sabzavotchilik klasteri tasarrufida ilm-fan yutuqlari va innovatsiya g‘oyalari asosida yana 30 gektar mevazor bog‘ barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu qo‘shimcha 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:25:36
Back to Top
HTML Embed Code: