Telegram Web Link
🌱 G'o'za: mo'l hosil olish uchun fitosanitariya choralariga bugun amal qilish kerak

📍 Farg'ona viloyati Quva tumanida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi mas'ul mutaxassislari hamda olim-agronomlar ishtirokida "Qosim Karvon" fermer xo'jaligi dala maydonida g'o'za parvarishiga bag'ishlan seminar tashkil etildi.

Quva tumanida 5500 gektar maydonda g'alla, 5750 gektarda g'o'za parvarish qilinmoqda. Asosan Xitoyning "Xin Lua Zao", "8290", "Andijon 35" kabi chigit ekilgan.

🐛G'oza uchun birinchi xavf bu ildiz qurti. Dastlabki bosqichda zarakunanda xavfi darajasini aniqlash uchun sifatli feromonitoring olib borish zarur. Bunda SADSH suyuqligi va feromon tutqichlardan foydalanish kerak.

🪳 Ikkinchi xavf esa shira. Unga qarshi kurashda g‘o‘za maydonlarida tabiiy kurash chorasi — biomahsulotlari chiqarish zarurligi qayd etildi. Bu borada Farg‘ona viloyatida biolaboratoriya yetarlicha. Seminarda kimyoviy usuldan ko‘ra biologik usulda kurashning afzalliklari haqida ma'lumotlar berildi.

➡️ Bugun davlatimiz rahbari dehqonlar bilim va ilm bilan mehnat qilsagina u faoliyatda unumdorlik, moddiy manfaat bo'ladi degan fikrlari har bir dehqon fermerning o‘z ustida ishlashga undaydi.

🤳 Yer egalariga qulaylik yaratish maqsadida mutaxassislar tomonidan "Agroko‘makchi" mobil ilovasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida zarur tavsiya va choralar umumlashtirilgani qayd etildi.

💦 Suv tanqisligi ortib borayotgan sharoitda tomchilatib sug‘orishga o‘tish va bu orqali kam suv sarf qilib, yuqori hosil olish yuzasidan agronom-mutaxassislarning tavsiyalari berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍅 Pomidor zararkunandalariga qarshi kurash choralari

#tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparatining bir guruh xodimlari tomonidan Agentlik kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida 9 may — “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida “Shahidlar xiyoboni” maydoni hamda uning hududida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

🗺 Dastlab xodimlar “Shahidlar xiyoboni” bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ilmiy xodimlari maydon haqida, uning qanday tashkil topganligi, tarixi, shuningdek, maydonda bunyod etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Xususan, shahidlar xotirasi xiyobonining barpo etilishi, sovet hukumati O‘zbekistonda olib borgan qatag‘on siyosati va uning fojiali oqibatlari, 1980-yillardagi “paxta ishi” kabi qatag‘on to‘lqini nafaqat ilm-fan va madaniyat namoyandalari, davlat arboblarini, balki ko‘plab oddiy insonlarni ham o‘z domiga tortgani haqidagi faktlarga asoslangan ma’lumotlar asnosida so‘zlab berdi.

‼️ Shuningdek, ekskursiya davomida xodimlar muzey bo‘limlaridagi har bir davr muhitini aks ettirgan eksponatlarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, ko‘plab tarixiy ma’lumotlar va unutilmas taassurotlar olishdi.

✔️ Ta’kidlash joizki, Agentlik tomonidan mamlakatimiz muzeylariga tashkil etilayotgan bu kabi ekskursiyalar ishchi-xodimlarga ma’naviy ozuqa berib, ularda Vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 18:25:32
Back to Top
HTML Embed Code: