Telegram Web Link
❗️❗️❗️

📣Respublikada kuzatilayotgan yogʻingarchilik sabab qishloq xoʻjaligi ekinlarida quyidagi kasalliklar va hasharotlar soni keskin ortishi ehtimoli mavjud. Bular:

🔴 shiralar
🔴 tripslar,
🔴 tunlam qurtlari,
🔴 gʻalla shilliq qurtlari,
🔴 mevaxoʻr qurtlar.

Shuningdek,

🍆 sabzavotlarda — un shudring va ildiz chirishi,
🍎 bogʻlarda — klastesparioz,
🌸 gʻallada — zang, un shudring,
🌺gʻoʻzada — vilt, ildiz chirish kasalliklari aniqlanishi mumkin.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida har kuni dala monitoringi o'tkazilib, zaruriy tavsiyalar asosida kurash tadbirlarini oʻtkazish lozim.

🌱 Gʻoʻza dalalarida dastlabki gʻoʻza ekinlari nihol holiga keldi. Shu sabab yogʻingarchilik tufayli ayni vaqtda oʻsimliklarni vilt kasalligi, trips va shiralar zararlashi kuzatiladi. Agar qarshi kurash choralari qoʻllanilmasa gʻoʻza rivojlanishi 10-12 kungacha ortda qoladi.

🦗🦗Gʻoʻza zararkunandalariga qarshi oltinkoʻz entomofagini 2000 donadan tarqatish, iqtisodiy zarar mezoni ortgan taqdirda kimyoviy ishlov oʻtkazish, qator orasiga ishlov berish, begona oʻtlardan tozalash shart!

📱 Har bir zararli organizm bo'yicha batafsil ma'lumot va kurash choralari haqida tavsiyalarni "Agriko'makchi" mobil ilovasiga joylashtirilgan. Ilovani  📱 Play market va  📱 App store platformalarifan yuklab olishingiz mumkin.

👉 Bundan tashqari, "Inspektorni chaqirish" tugmasi yordamida o'z hududingizni belgilagan holda karantin inspektoriga murojaat qilib, ilmiy asoslangan tavsiya va ko'rsatmalar olishingiz uchun imkoniyat yaratilgan!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍓 Eksportbop qulupnay: mavsum boshidan buyon 40 million so'mdan ortiq sof daromad

#export #Fargona

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Zararli chigirtka: Navoiy viloyatida qarshi kurash tadbirlari boshlandi

🗺 Dastlabki manzillardan biri Konimex tumani boʻlib, mazkur tumanda asosan saksovulzorlarda marokash va saksovul chigirtkasi tarqalgan.

Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari tomonidan Beshquduq ovuli hududidagi yaylovlarda kimyoviy vositalar bilan ishlov berildi.

➡️ Maʼlumot uchun, hududlarda chigirtka tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga mahalliy hokimliklar ham masʼul boʻlib, aniqlangan hududlar boʻyicha tezkor shtab maʼlumotlari asosida ishlar tashkil etib kelinmoqda.

🕓 Hudud iqlimi tufayli Navoiy viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari kechroq boshlanadi. Hududda 2024-yilda 39 103 gektar maydonda kimyoviy ishlov berish bashorat qilingan boʻlib, bugungi kunda 1820 gektar maydonda ishlov oʻtkazildi.

🔔 Kurash tadbirlari 4 ta yuqori unumli maxsus avtomashina, 6 ta traktor purkagichlari, 20 dan ortiq motorli purkagichli qoʻl apparatlari yordamida olib borilmoqda.

#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍒 Bahorgi gilos eksportga tayyor

🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Fargʻona viloyatida bogʻ va dalalarda eksportbop mahsulotlarning yetishtirilishi, fitosanitar talablarga amal qilinishi va dehqon hamda fermerlarga koʻmaklashish maqsadida viloyatdagi vaziyat bilan tanishmoqda.

🖊 Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan qishloq hoʻjaligi va oziq-ovqat eksporti hajmini oshirish borasida Agentlikka topshiriq berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda Agentlik rahbari boshchiligidagi ishchi guruh oʻrganishlarni davom etmoqda.

🗺 Farg’ona viloyatining Quva va Toshloq tumanlarida ertapishar gilos tayyor. Bahor gilos nomi bilan bogʻbonlarga tanish bu navdagi mevaning ilk hosili Rossiya Federatsiyasiga joʻnatishga moʻljallangan.

‼️ Shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bozorlarining talabi oʻrganilib, fitosanitar choralarga rioya qilgan holda 10-maydan eksportni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

◽️ Asosiy eʼtibor mahsulotlarni qadoqlash masalasiga ham qaratilib, bunda xalqaro bozor tendensiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.

#export #gilos

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 02:37:46
Back to Top
HTML Embed Code: