Telegram Web Link
#rasmiy_munosabat

📢 Bir hikoya izidan: nima sababdan chigirtka mavzusi “olov” olib ketyapti?

🗺 Shu kunlarda Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtka bilan bogʻliq mavzular qayta-qayta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Yana bir murojaat “Qashqadaryo dalalariga chigirtkalar hujum qilmoqda” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi. Xabarda keltirilishicha, holat Qamashi tumani Oqdahana qishlogʻida yuz bergan.

‼️ Vaziyatni joyida oʻrganish maqsadida Qashqadaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutasaddilari Oqdahana qishlogʻiga yoʻl olishdi. Maʼlum boʻlishicha, holat 26-aprel kuni tasvirga olingan boʻlib, oradan 6 kun oʻtgach ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

✔️ Ayni vaqtda hududning fitosanitar holati xavf ostida emas, kimyoviy kurash choralari oʻz vaqtida olib borilib, zararli chigirtka bosqini xavfi oldi olindi.

Bundan oldin xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyati iqlim nuqtai nazaridan zararli chigirtkalar tarqalishi uchun qulay hudud hisoblanib, shu sababdan ham vaziyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining doimiy nazorati ostida.

🚜 Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtka tarqalishini oldini olish maqsadida 25 traktor purkagichlari, 112 ta motorli osma qoʻl purkagichlari, 13 ta avtomashinaga oʻrnatilgan maxsus purkagichlar jalb qilingan. Texnika yetib borishi mushkul boʻlgan hududlarga osma qoʻl purkagichlar yordamida mutaxassilar tomonidan ishlov berilmoqda.

☎️ Viloyatdagi chigirtkaga qarshi kurash ishlarini samarali olib borish maqsadida maxsus shtab tashkil etilib, maʼlumotlar umumlashtirilmoqda va vaziyat nazorat qilinmoqda.

👉 Bugungi kunga qadar chigirtka bosqini bilan bogʻliq holat favqulotda vaziyat darajasiga chiqmadi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar esa aslida odatiy oʻchoqlar boʻlib, zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

🗺 Chigirtka tarqalishi mumkin boʻlgan hududlar bahorgi va kuzgi kuzatuvlar natijasida aniq. Qarshi kurash choralari GPS-xarita yordamida butun respublika boʻylab bosqichma-bosqich olib borilyapti. Shu sabab nooʻrin vahimaga oʻrin yoʻq.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#voqea_joyidan

#chigirtkaga_qarshi_kurash

🌙Yarimtun. Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari cho’l, qir adirda. Ular har bir murojaatni joyida shu tariqa o’rganishadi.

🦗 Qarshi kurash tadbirlari olib boriladigan to’da hosil qiluvchi zararli chigirtka katta masofalarni bosib o’tishi va yaylovlar, aholi tomoqralariga jiddiy putur yetkazishi mumkin.

📱Shu sababdan kuzda va bahorda kuzatuv tadbirlari olib boriladi. Mazkur monitoring natijasida chigirtka tuxum qo’ygan hududlar belgilanib, havo harorati hasharot tuxumidan chiqishi uchun ma’qul darajaga yetganda kimyoviy kurash tadbirlari boshlanadi.

🔥Mutaxassislar uchun bunday ogohlik mavsumi avgust oyigacha davom etadi. Hozircha esa hududlardagi haqiqiy kurash tadbirlari bilan bir qatorda feyk-xabarlarni o’rganish jarayonlari qizg’in olib borilmoqda.

🔔 Ma’lumot uchun, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 “Nurafshon TV”  — O'simliklarni zararkunandalardan asrash tadbirlari👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.
#infographic #export

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sabzi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Xabar berib borayotganimizdek, respublika boy'lab zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari olib borilmoqda.

🗺 Samarqand viloyatida ham mavsum boshlandi.
Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan Samarqand viloyatining
Nurobod tumanidagi bir nechta mahallalar hududida kimyoviy zararsizlantirish tadbirlari olib borilib, murojaatlar o'rganilmoqda.

✏️ Ma'lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo'ygan areallar ham ko'zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari olib borilmoqda.

🖋 Har bir hudud kesimida amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, xavfli o'choqlar bartaraf etilishi nazorat ostiga olingan.

Eslatib o'tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 telekanali - O'simliklar karantini bo'yicha qilinayotgan ishlar taqdimot qilindi

#press_tur  #OAV

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

📢Aslida zararli chigirtka bilan bog’liq vaziyat qanday?

📢Qancha maydonda kimyoviy kurash tadbirlari olib borildi?

📢Hasharot aholi tomorqalariga yetib bormasligi uchun qanday choralar ko’rilyapti?

Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari haqida bugun mutaxassislar bilan onlayn-muloqot olib boramiz.

📝Savollarni quyidagi linkka jo’natishingiz mumkin ➡️ @phoenix_0709

P.S. Muloqot vaqti haqida 30 daqiqa oldin xabar beriladi. Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari cho’l, qir-adirlarda bo’lgani sababli aloqa yaxshi bo’lganda suhbat tashkil etiladi.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (30 minutes)
O'simliklar himoyasi sohasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

🇺🇿🇩🇪Germaniya Federativ Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi vazirligi Parlament davlat kotibi boshchiligida delegatsiya O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida institut direktori o'rinbosari ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida delegatsiya vakillariga ma'rumot berib o'tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida o'simliklarni biologik himoya qilish yo'nalishida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Sababi Germaniya o'simliklar himoyasida innovatsion usullar va texnologoyalar borasida katta tajribaga ega.

📎 Shuningdek qishloq xo'jaligi sohasida, o'simliklarni himoya qilishda biologik kurashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish yuzasidanchora-tadbirlar rejalar ishlab chiqildi.

📌 Uchrashuvdan so'ng delegatsiya vakillari Ilmiy-tadqiqot institutning laboratoriyalarida o'tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.

🤝 Bu tashrif ikki mamlakat o'rtasidagi qishloq xo'jaligi sohasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:26:21
Back to Top
HTML Embed Code: