Telegram Web Link
“Rim taʼtillari”: fitosanitar choralar boʻyicha Komissiyaning 18-sessiyasi Oʻzbekiston uchun qanchalik manfaatli boʻldi?

🌱🌱 Rimda Fitosanitariya choralari boʻyicha komissiyaning 18-sessiyasi davom etmoqda, unda davlatlar delegatsiyalari fitosanitariya sohasida muhim masalalarni muhokama qilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni mukammallashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar.

🇺🇿 Oʻzbekiston munozaralarning toʻlaqonli ishtirokchisi sifatida xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga intilib, muzokaralarda faol ishtirok etmoqda.

🤝 Fitosanitariya choralari boʻyicha komissiya yigʻilishi doirasida AQSH, Yaponiya, Filippin, Xitoy, Rossiya, Argentina, Chili, Tailand va Vetnamning fitosanitariya xizmatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.

🇺🇸 AQSH
✍️ oʻsimlik mahsulotlari eksportida radiatsiyaviy zararsizlantirish usulini fitosanitariya chorasi sifatida tan olishga kelishildi,

✍️ qovun eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomasini olish boʻyicha ish rejasi imzolandi.

✍️ xurmo eksporti uchun fitosanitar seritifikat olish bosqichlarini tezlashtirish masalasi muhokama etildi.

✍️ oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, zararkunandalar xavfini tahlil qilish boʻyicha maxsus treninglar uchun chet ellik mutaxassislarni jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🇵🇭 Filippin

✍️ gilos, qovun, anor va quritilgan mevalar eksporti yuzasidan Bayonnoma imzolandi

🇨🇳 Xitoy

✍️ oʻrik, olxoʻri va shaftoli eksportiga ruxsat olish boʻyicha Bayonnoma moddama-modda koʻrib chiqildi va kelishildi

✍️ ikki fitosanitar xizmat oʻrtasida axborot tizimlarini integratsiyasini kuchaytirish maqsadida IT-mutaxassislarini Xitoyga tajriba almashishi boʻyicha kelishuvga erishildi

🇯🇵 Yaponiya

✍️ gilos importi uchun ruxsat olishni tezlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi

🇨🇱 Chili va 🇦🇷Argentina

✍️ eksportchilar va fermerlar hamda karantin xizmati oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida oʻzbekistonlik tadbirkorlarning Chili va Argentinaga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi

✍️ Argentinaning SENASA karantin xizmati va Agentlik oʻrtasida oʻsimliklar karantini va ni himoyasi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi

🇨🇷 Tailand

✍️ gilos eksporti uchun fitosanitar ruxsatnomani rasmiylashtirish masalalarida mutaxassislarni Oʻzbekistonga jalb etishga kelishildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomorqa yer egalarining ekin maydonlari agrokimyoviy tahlildan o‘tkazilmoqda

✍️ Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 148 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tumanda qishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari issiqxonalarda yetishtirilsa, boshqa fasllarda ekin yerlaridan unumli foydalaniladi.

🍎🍓Mahsulotlar asosan ichki bozorga yo‘naltrilib, sifati va parametrlari bo‘yicha eksportbop hisoblanadi.

💬 Eksportni rivojlantirishga ma’sul tashkilotlar, jumladan Respublika agrokimyoviy tahlil markazi mutaxassislari ishtirokidagi seminarda yer egalari ana shunday imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

🔄 50 dan ortiq xonadon ishtirokida tashkil etilgan seminarda eksportbop mahsulot yetishtirishda tuproq agrokimyoviy tahlilining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etish lozim, madaniy ekin turiga qarab tuproqqa solinishi lozim bo‘lgan moddalar belgilanadi. Misol uchun, boshoqli ekinlarga azot muhim, makkajo‘xori esa fosforga to‘yingan tuproqda yaxshi rivojlanadi, kartoshka va lavlagi uchun kaliy miqdori normada bo‘lishi zarur. Moddalarning hajmi esa tuproq agrokimyoviy tahlili natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

🌲Tuproq agrokimyoviy tahlili tartibini tushuntirish maqsadida aholi tomorqalaridan namunalar olinib, laborantlar tomonidan laboratoriyada tekshiruvlar o‘tkazildi. Mazkur tahlillar natijasida tavsiyanoma tayyorlab beraladi. Unda har bir ekin turini yetishtirishda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’urlari bo‘yicha tavsiyalar aks ettiriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Turkiyaning “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonasidan ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik
taqiq oʻrnatildi.


✍️ Turkiyaning “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” korxonasiga tegishli koʻchatxonalardan mamlakatimizga nektarin koʻchatlari import qilingan. Toshkent viloyatining “Ark buloq” OʻKCHM orqali kirib kelgan yuk tegishli tartibga asosan tekshirilganda dastlabki nazorat karantin inspektorlarida shubha uygʻotgan.

🔬 5 ta avtotransport vositasida olib kelingan nihollardan namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza uchun joʻnatildi. Tahlil natijasiga koʻra, import boʻlgan ekish materiallarida Oʻzbekiston uchun karantin obyekti hisoblangan Olxoʻrining choʻtir kasalligi (Plum pox virus (PPV) aniqlangan.

🛡 Zararli organizmning Oʻzbekiston hududida tarqalib ketishini oldini olish maqsadida “Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga asosan 89 500 dan ortiq nihollarni yoʻq qilishga kelishildi.

⚠️ Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonasidan esa ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq oʻrnatildi va mazkur koʻchatxonalar hududida yetishtirilgan va olib kelinishi rejalashtirilayotgan nektarin koʻchatlariga karantin ruxsatnomasini berish vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

🖥 Holat yuzasidan Turkiya fitosanitariya xizmatiga eʼtiroznoma (notifikatsiya) joʻnatilib, nektarin nihollarida virus aniqlanganligi yuzasidan davlat tashkiloti xabardor etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 10:19:32
Back to Top
HTML Embed Code: