Telegram Web Link
🔰4-martdan 22-martga qadar mevali bog'lar zararkunandalariga qarshi “Dolzarb oʻn besh kunlik” eʼlon qilindi

🌲 Respublika hududlarida mavjud mevali bogʻlarga jiddiy zarar yetkazib, mavsumda hosildorlikni keskin kamayishiga hamda daraxtlarning qurib qolishiga sabab boʻladigan xavfli zararli organizmlarga qarshi ishlarini olib borish maqsadida navbatdagi “Dolzarb oʻn besh kunlik” eʼlon qilindi.

✉️ Respublika boʻyicha mavjud mevali bogʻlarni 2024-yil mavsumida zararli organizmlardan himoya qilish uchun fitosanitar dala nazoratini tashkillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Unga koʻra:

⬜️ agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda aholiga tegishli mevali bogʻlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish;
⬜️ xatlov natijalariga asosan doimiy monitoring
va fitosanitar dala nazorati tadbirlarini amalga oshirish;
⬜️ respublikasiga oxirgi 5 yil davomida import qilib olib kelingan mevali daraxtlarning fermer xoʻjaliklari kesimida roʻyxatini shakllantirish;
⬜️ roʻyxatga asosan kasalliklarni aniqlash maqsadida, kuzatuv monitoring ishlarini olib borish;
⬜️karantin va boshqa xavfli zararkunandalar tarqalgan “oʻchoq” maydonlarni aniqlash;
⬜️ aniqlangan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
⬜️bogʻlarda karantin obyektlari aniqlangan taqdirda taqdimnomalar kiritish hamda “hududda karantin holati”ni eʼlon qilish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinishini tashkil etish rejalashtirilgan.

#Dolzarb_15kunlik #qarshi_kurash #chora_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Mevali bogʻlarda zararli organizmlarga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

✔️ havo harorati +5°C dan yuqori boʻlganda, urugʻli meva daraxtlar – olma, nok va behilarni singan shox-shabbalar, nobud boʻlgan poʻstloqlar va zararkunandalar qoldiqlaridan tozalash;

✔️ iliq havo haroratida danak va urugʻli meva daraxtlariga shakl berish, butash, siyraklashtirish ishlarini amalga oshirish;

✔️ sovuqqa chidamsiz boʻlgan danaklilar: oʻrik, gilos, shaftoli, olxoʻri, olcha, togʻolcha va subtropik oʻsimliklardan xurmo daraxtlariga bahorga yaqin, fevralning ikkinchi yarmi, mart oyi boshidan shakl berish, butash ishlari olib borish;

✔️ kasallangan va ortiqcha novdalarni kesib olishda foydalaniladigan bogʻ arrasi, qaychi va pichoqlarni har bir daraxtdagi novdalarni kesganda 70% li etil spirti bilan dezinfeksiya qilish;

✔️ bakterial kuyish va monilioz bilan zararlangan novdalardagi kasallik boshlangan joyni 10-15 sm pastki qismidan kesib olib, kesilgan joyga bogʻ surtmasi yoki moyli boʻyoq surtish;

✔️ zararkunandalarning qishlab chiqish davrida harorat +7°C da neft moyli asosli preperatlar yoki uning analoglari bilan profilaktik kurash choralarini oʻtkazish;

✔️ monilioz, klyasterosporioz, kalmaraz va barg bujmayishi kasalliklariga qarshi 5% li OOQ (oltingugurt ohak qaynatmasi) yoki 3% li Bordo suyuqligi yoki 3% li mis kuporosi yoki 2-3% temir kuporosi bilan erta bahorda, kurtaklar boʻrtishidan oldin ishlov berish ishlarini tashkil etish;

✔️ kurtaklar boʻrtishidan oldin havo harorati +10°Cdan yuqori boʻlganda kurtaklar ochilganda va oʻsuv davrida 1% li Bordo suyuqligi bilan ishlov berish ishlarini tashkil etish zaruriy choralar hisoblanadi.

Mevali bogʻlarga xavf soluvchi zararli organimzlar haqida “Agrokoʻmakchi” mobil ilovalasida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Ilovani 📱 Play market va 📱 App store platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

#tavsiya #qarshi_kurash #chora_tadbir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Chigit ekish mavsumiga tayyorgarlik ko'rilmoqda👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌲 Tuproq aeratsiyasi

O‘simliklar ildiz tizimi atrofida kislorod va karbonat angidrid miqdori muntazam o‘zgarib turadi.

🔴 Anaerob sharoitda hujayralarning kislorod bilan taʼminlanishi yomonlashadi va karbonat angidrid miqdori oshadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ildiz tizimi aeratsiya yetarli bo‘lgan sharoitlarda meʼyorida faoliyat ko‘rsatadi.

🫥 Tuproq aeratsiyasi mikroorganizmlar soni va ular tomonidan ozuqa moddalarning parchalanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatadi.

#repost #tuproq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Farg'ona" MTRK — Mevalarni yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Shyolkovo Agrohim – O‘zbekiston” Rossiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasida kimyoviy vositalar va uning realizitsiyasi bo‘yicha seminar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

💬 Nurobod tumanida ish boshlash arafasida turgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shyolkovo Agrohim – O‘zbekiston” Rossiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev rahbarligida ushbu korxona tomonidan kelgusida o‘simliklarni kimyoviy himoyalash maqsadida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan kimyoviy vositalar va uning realizitsiyasi bo‘yicha seminar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Chegaradan noqonuniy olib o'tilayotgan karantin osti mahsulotlari to'xtatib qolindi👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya

🌿 Biologik kurashda feromon tutqichlarning ahamiyati. 👈

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 16:33:19
Back to Top
HTML Embed Code: