Telegram Web Link
🇺🇿🇹🇷Oʻzbekistonda Turkiya kinosi haftaligi doirasida "Aşk mevsimi" ("Sevgi fasli") filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Oʻzbekistonda Turkiya kinosi haftaligi doirasida "Aşk mevsimi" ("Sevgi fasli") filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kursantlari va bir guruh oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Film bolalikdan do‘st bo‘lgan Ali va Shirinning murakkab sevgi hikoyasi haqida bo‘lib, yillar davomida ular o‘z his-tuyg‘ularini yashirib, turli yo‘llardan boradi. Hayot ularni qayta uchrashtirsa-da, sevgi uchun juda kech bo‘ladi, va ular faqat xotiralarda birga qolishadi.

Shuningdek, tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Ularda xorijiy film hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.

🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
✈️Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida «OʻzLiDeP» partiyasi bilan hamkorlikda «Sanʼat maʼno» MCHJda Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblarining matonati va sportdagi mashaqqatli mehnati haqida «Matonat» (ishchi nomi) nomli toʻliq metrajli badiiy film ishlab chiqarilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekistonlik kinoijodkorlar “Qo‘rqut ota” kinofestivalida!

13-15-noyabr kunlari Тuгkmаnistоnning Ashxobod shahrida “Qo‘rqut ota” tuгkiy dunyo davlatlaгining IV хаlqаго kinofestivali tashkil etilmoqda.

Quvonarlisi unda mezbonlarning taklifiga ko‘ra yurtimiz kinoijodkorlari ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev rahbarligida Hilol Nasimov, Muzaffar Erkinov, Boir Xolmirzayev, Bekzod Qodirov, Nurilla Narzullayev, Rasulxon Qodirxonov, Hamza Xasanov ayni payt Ashxobodda bo‘lib turibdi.

Kinofestival davomida “O‘zbek kino kunlari” tashkil etilib, O‘zbekiston va Turkmaniston kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi tanlovda ishtirok etadi. Bundan tashqari o‘zbek kinojodkorlari tanlov dasturida hay’at hakamlari qatoridan joy olishadi.

“Qo‘rqut ota” kinofestivali va unda ishtirok etayotgan vakillarimiz haqidagi xabarlarni Kinematografiya agentligi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 1-dekabrdan “Uch qahramon” badiiy filmi yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi!

Mazkur film o‘tkir syujetli badiiy film bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat Xavfsizligi departamenti hamda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Spectre studio” tomonidan suratga olingan.

Filmda jinoyatchilikka qarshi kurashda birdamlik, mardlik, jasorat va qat’iyat ila o‘z xizmat vazifalarini o‘tayotgan bir qancha Ichki ishlar xodimlari faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Kinematografiya agentligida filmlar namoyishi va avtomatlashtirish masalalari muhohokama qilindi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Xadjayev olib bordi va unda kino sanoatini rivojlantirish, filmlar namoyishini kengaytirish, kinoteatrlarda xizmat sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kinoteatrlardagi chiptalarni sotish jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, chiptalar narxini adolatli belgilash va qonun-qoidalar asosida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida filmlar namoyishini ko‘paytirish orqali milliy kino mahsulotlarini ommalashtirish va tomoshabinlar sonini oshirish yuzasidan turli takliflar bildirildi. Shuningdek, kino sohasidagi hozirgi holatni chuqur tahlil qilish va xalqaro tajribalarni o‘rganish, kinoteatrlar faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, hamda sektorni modernizatsiyalash chora-tadbirlari ustida ishlash zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishlarda tegishli mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi va belgilangan maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishga kelishib olindi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qo‘rqut Ota” xalqaro kinofestivali doirasida TURKSOYga a’zo mamlakatlar kinematografiya sohasi rahbarlari va kinoijodkorlari forumi bo‘lib o‘tdi

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda taniqli rejissyor, Turkmaniston bilan hamkorlikda ishlangan “Maxtumquli” tarixiy kino loyihasi rahbari Muzaffarxon Erkinovlar nutq so’zladi.

Ma’lumot uchun, har yili Turkiyada, 2023-yildan buyon turkiy davlatlarning har birida o‘tkazib kelinayotgan kinofestival bu yil Turkmanistonda tashkil etildi. “Qo‘rqut ota” aslida TURKSOYga a’zo xalqaro turkiy tilli mamlakatlar kinofestivali bo‘lib, bu turk dunyosi mamlakatlari tarixidagi birinchi kinofestival bo‘lganligi bilan ahamiyatli. U IX-X asrlarda Sirdaryo sohilidagi dashtlarda yashab o‘tgan o‘g‘uz turklarining mashhur shoiri, baxshisi Qo‘rqut ota (Dede Korkut) sharafiga nomlangan. Qo‘rqut ota qadim musiqiy asbob — qo‘bizning ixtirochisi ham sanaladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 12:34:59
Back to Top
HTML Embed Code: