Telegram Web Link
Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olinadi

Kinematografiya agentligi rahbariyati va Avstriyaning “dreiD.at filmproduction GmbH” kompaniyasi loyihalar rahbari B. Baumann bilan uchrashuv o’tkazildi

Kinokompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olishni rejalashtirmoqda. Iqlim o‘zgarishi ta’sirida suv masalasi mintaqa davlatlari uchun ham tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, loyihani “Pomir – Osiyo yuragi” deb nomlashga qaror qilingan. Hujjatli film ikki qismdan iborat bo‘ladi. Uning 52 daqiqa davom etadigan O‘zbekistonga tegishli qismiga “Hayot uchun suv” deb nom berish mo‘ljallangan. Ushbu qismda, shuningdek, O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, ko‘hna me’moriy obidalari va xalq amaliy san’atiga ham e’tibor qaratiladi va qiziqarli ma’lumotlar beriladi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda oʻtadigan tasvirga olish ishlari masalasi muhokama qilindi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi huzurida quyidagi tarkibda Animatsion filmlar bo‘yicha Badiiy kengash tuzildi.

1. Mavzur Maxmudov –  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, animatsion filmlar rejissyori;
2. Nigora Xaydarova – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, Animatsiya san’ati bo‘yicha san’atshunoslik fanlari falsafa doktori;
3. Muazzam Ibrohimova –  bolalar psixologi va shifokori.  Bolalar yozuvchisi, shoir, publitsist; 
4. Zulfiya Qurolboy qizi – ssenarist, dramaturg;
5. Shokir Holiqov –  kinorejissyor, ssenarist.

Animatsiya filmlar bo‘yicha Badiiy kengashning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi: 

- yosh tomoshabinlarning talab va istaklarini o‘rganish asosida animatsion filmlarning mavzu va janrlarini shakllantirib borish va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy animatsion filmlarning g‘oyaviy, ma’naviy va badiiy saviyasini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
- yuqori saviyadagi animatsion va bolalar filmlari hamda yumoristik kinojurnallar yaratish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislar ijodiga ko‘maklashish va boshqa vazifalar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi lavozimiga Haydarov Abdulatif Ibragimovich saylangan edi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ВГИК Ташкент
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊С.А. Герасимов номидаги БДКУ Тошкент филиалида тажрибали кинооператорларнинг махорат дарслари бўлиб ўтди.

🔈Бугун, 2024 йил 26 сентябр куни С.А. Герасимов номидаги БДКУ Тошкент филиалида тажрибали кинооператорлар Умид Маликов ва Оқил Ғуломов томонидан махорат дарслари ўтказилди. Тадбир Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 7 апрелдаги № ПФ-6202 «Кино санъати ва киноиндустриясини янги босқичга олиб чиқиш, соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида»ги фармони доирасида ташкил этилди. Ушбу фармон миллий кино санъатини ривожлантиришга қаратилган ислоҳотларни давом эттиришни назарда тутади.

⭐️Тадбирда филиал директори И.М. Меликузиев ёш кино ижодкорлар соҳа сирларини тезроқ ўзлаштиришларида, бундай маҳорат дарслари кўприк вазифасини бажаришини, айтиб, жудаям аҳамиятлилигини таъкидлади.

🔖Лойиҳа раҳбари: профессор И.М. Меликузиев.



📊Мастер-классы опытных кинооператоров в Ташкентском филиале ВГИК им. С.А. Герасимова

🔈Сегодня, 26 сентября 2024 г., в Ташкентском филиале ВГИК им. С.А. Герасимова состоялись мастер-классы, проведённые опытными кинооператорами Умидом Маликовым и Окилом Гуломовым. Мероприятие организовано в рамках указа Президента Республики Узбекистан от 7 апреля 2021 года № ПФ-6202 «О выводе киноискусства и киноиндустрии на новый уровень, дальнейшем совершенствовании системы государственной поддержки отрасли». Этот указ нацелен на продолжение реформ и развитие национального киноискусства.

⭐️На мероприятии директор филиала, профессор И.М.Меликузиев отметил важность подобных мастер-классов, подчеркнув, что они служат мостом для того, чтобы молодые кинематографисты быстрее освоили секреты профессии.

🔖Руководитель проекта: профессор И.М. Меликузиев
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxt kinoteatrlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish

“Renessans” kino uyida Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xadjayev rahbarligida Toshkent shahridagi kinoteatrlar rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisda kinoteatrlarning repertuar rejasi, unda milliy va xorijiy kontentning o‘rni, namoyish etilayotgan xorijiy filmlarning badiiy saviyasi, ideologiyasi muhokama qilindi. Respublikamizda film prokati masalasini rivojlantirish, yuzaga kelayotgan muammolar, filmlar namoyishiga ruxsatnoma berish tizimini takomillashtirish va shu yo‘nalishdagi kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topish bo‘yicha ham fikrlar almashildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida tajribali kinooperatorlarning mahorat darslari bo‘lib o‘tdi


"Toshkent" telekanali, "Poytaxt" informatsion dasturi
2024/09/28 15:25:27
Back to Top
HTML Embed Code: