Telegram Web Link
“O‘zbekfilm” bo‘ylab ekskursiya

“O‘zbekfilm” kinokonserni”, korxona pavilyonlari, “O‘zbekfilm” kichik pavilyonida “Maxtumquli” tarixiy-badiiy filmi uchun ishlangan dekoratsiyalar bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

1925-yilda tashkil etilgan “Sharq yulduzi” kinofabrikasi 1936-yildan “O‘zbekfilm”, deb nomlangan. Kinokorxonaga 1979-yilda “Komil Yormatov”nomi berilgan. Kinokonsern tomonidan ko‘plab milliy kino durdonalari, jumladan, “Tohir va Zuhra”, “Alisher Navoiy”, “Maftuningman”, “O‘tgan kunlar”, “Sen, yetim emassan” kabi filmlar ishlab chiqarilgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#masterclass

“Renessans” kino uyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Yusuf Roziqov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi


Eslatib o'tamiz, 15-sentyabrdan 19-sentyabrgacha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining 105 yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida mahorat darslari bo'lib o'tadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Markaziy Osiyo filmlarida an’analar va yangilikka intilish tendensiyalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Shuhrat Rizayev anjuman avvalida so‘zga chiqib, ushbu konferensiya xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishiga umid bildirdi, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Xalqaro ilmiy anjumanda Fransiya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi hamda yurtimizning 70 ga yaqin san’atshunos olimlari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Konferensiya “Zamonaviy badiiy kino san’atining yetakchi tamoyillari”, “Hujjatli kino va televideniye audiovizual san’at turi sifatida”, “Kino-televideniye san’ati badiiy ta’limining shakllanishi va vorislik masalalari” kabi sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.

Konferensiya so‘ngida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 15:33:39
Back to Top
HTML Embed Code: