Telegram Web Link
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Festival filmi

🎞 Toshkent kinofestivalida namoyish etilishi kutilayotgan yana bir film nomi ma'lum bo'ldi

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida eronlik Mohammad Hamzeining "Kapitan" filmi namoyishi bo'lib o'tadi.

Film syujetiga ko'ra, 11 yoshli Iso qisqa fursatda futbol bo'yicha Eron milliy terma jamoasida o'ynashiga mutlaqo ishonadi. Uning ishtiyoqini hech narsa sindira olmaydi, hatto u kasalxonaning saraton punktida davolanayotgani va kundan kun zaiflashib borayotgani ham. Iso oxirgi jiddiy operatsiyasidan oldin o'z orzulariga erishishni maqsad qiladi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Festival filmi

🎞 "Ma'budlarning yaratilishi: Bo'ronlar saltanati": Toshkent kinofestivali doirasida namoyish etilishi kutilayotgan Xitoy filmlari nomi ma'lum bo'ldi

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Xitoy kino kunlari bo'lib o'tadi. Uning doirasida bir qator badiiy filmlar namoyishi kutilmoqda. Jumladan, "Bitta va yagona", "Chang An", "Uyga qaytish", "Jeyd hidining siri" kabi badiiy filmlarni tomoshabinlarga taqdim etish ko'zda tutilgan.

"Festival filmi" ruknida bu safar "Ma'budlarning yaratilishi: Bo'ronlar saltanati" filmini e'tiboringizga havola etamiz.

Trilogiyaning birinchi qismi, ya'ni mazkur film Shang sulolasining oxirgi qiroli taxtga chiqishidan keyingi siyosiy inqirozning fantastik va uydirma versiyasini yoritib beradi. Bu Xitoyda eng ko'p daromad keltirgan filmlar ro'yxatida 25-o'rinni egallagan va trilogiya Xitoyda ishlab chiqarilgan eng mashhur va qimmat film hisoblanadi. Film bir nechta mukofotlarga sazovor bo'lgan, jumladan, 2023 yilgi "Eng yaxshi film" uchun "Golden Rooster" mukofoti va 2023 yilgi "Golden Deer" mukofoti nomzodi bo'lgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
🎞 Alen Delonning xotira kechasini o'tkazish rejalashtirilmoqda

XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida megayulduz Alen Delonning xotira kechasini tashkil etish ko'zda tutilmoqda.

Alen ko'plab mashhur filmlardagi rollari bilan tanilgan va 20-asr kinosining ramziy timsollaridan biri hisoblanadi. U 18-avgust kuni Fransiyada 88 yoshida vafot etgan.

Alen Delon 1960-yillarda u o'zining iste'dodi va xarizmatik ko'rinishi tufayli dunyodagi eng mashhur kino aktyorlaridan biriga aylandi. Uning filmografiyasida “Quyosh ostida”, “Rokko va uning akalari”, “Leopard”, “Qora lola”, “Samuray”, “Asteriks & Obeliks” kabi 80 ga yaqin filmlar bor.

U o'zbek kino ixlosmandlariga "Tehron-43", "Zorro", “Qora lola” va “Asteriks & Obeliks” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIFFest2024

🎞 “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalining toʻliq va qisqa metrajli filmlarining tanlovi hayʼati aʼzolari maʼlum boʻldi.

Jahon kinosiga oʻz ishi va fikrlari bilan katta hissa qoʻshgan kino sanoatining haqiqiy professionallari hisoblangan hakamlar hayʼati aʼzolari boʻlgan insonlarning tajribasi taqdim etilgan filmlarga toʻgʻri baho berishini taʼminlaydi.

🗄🗄🗄🗄
🎞 Определен состав экспертного жюри конкурса полнометражных и короткометражных фильмов XVI Ташкентского международного кинофестиваля "Жемчужина Шелкового пути".

Члены жюри – это люди, чьи работы и мнения оказывают значительное влияние на развитие мирового кинематографа. Их опыт и профессионализм гарантируют высочайший уровень экспертизы при оценке представленных фильмов.

🗄🗄🗄🗄
🎞 The list of the expert jury for the full-length and short films competition of the XVI Tashkent International Film Festival “Pearl of the Silk Road” has been announced.

The jury members are people whose work and opinions have a significant impact on the development of world cinema. Their experience and professionalism ensure the highest level of expertise in evaluating submitted films.

Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TEZ KUNDA

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Tirik tarix" loyihasi doirasida tashkil etilgan "Maxsus adabiyot" o'quv kurslari davom etmoqda

Bugungi darsda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, yetuk jadidshunos olim Sirojiddin Ahmad tomonidan “Jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga xos xususiyatlar. Jadid namoyandalarining kinofilmlardagi obrazi” mavzusidagi ma'ruza tinglandi.

Darslar “Renessans” kino uyida bo’lib o‘tmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TEZ KUNDA

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 10 сентябр санаси Ўзбекистон халқ артисти, элимиз суйган актриса Гавҳар Зокирова таваллуд топган кун.

Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси актрисага узоқ умр, оилавий фаровонлик ва ижодий бардавомлик тилайди. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Маълумот учун, Гавҳар Зокирова "Тўйлар муборак", “Тангалик болалар”, "Темир эркак", "Шайтанат", "Бахт учун миллион" , “ Сарвиноз”, “Севинч”, “Кулба” каби кўплаб фильмларда роллар ижро этган.


Ижтимоий тармоқдаги саҳифаларимиз:

Instagram | Facebook | Telegram
“Pandemiya” filmining katta premyerasi bo’lib o’tdi

Kuni kecha Milliy kino san’ati saroyida “Pandemiya” filmining ilk ommaviy namoyishi bo’lib o’tdi. Premyera avvalida Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev so’zga chiqib, kartina ijodkorlari va tomoshabinlarni yangi film bilan tabrikladi.

Filmga qiziqish bildirgan kinoixlosmandlar talabiga ko’ra Milliy kino saroyining barcha zallari va yozgi kinoteatrida namoyish tashkillandi. Premyeraga 4000 dan ortiq tomoshabin yig’ildi. E’tiborlisi shundaki, Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilayotgan qator premyeralarda tomoshabinlar soni ko’paysa ko’paydiki, kamaygani yo’q. Bu ham bo’lsa, kinoijodkorlarimizning yutug’i.

Film Kinematografiya agentligi va Sog’liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga binoan “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan tasvirga olingan. Kartinada 2020-yili mamlakatdagi pandemiya davri qiyinchiliklari, Covid-19 virusi bilan kurashda shifokorlarimizning matonati haqida hikoya qilinadi.

Filmda Matyoqub Matchonov, Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Ssenariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.


Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 09:38:09
Back to Top
HTML Embed Code: