Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olinadi
Kinematografiya agentligi rahbariyati va Avstriyaning “dreiD.at filmproduction GmbH” kompaniyasi loyihalar rahbari B. Baumann bilan uchrashuv o’tkazildi
Kinokompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olishni rejalashtirmoqda. Iqlim o‘zgarishi ta’sirida suv masalasi mintaqa davlatlari uchun ham tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, loyihani “Pomir – Osiyo yuragi” deb nomlashga qaror qilingan. Hujjatli film ikki qismdan iborat bo‘ladi. Uning 52 daqiqa davom etadigan O‘zbekistonga tegishli qismiga “Hayot uchun suv” deb nom berish mo‘ljallangan. Ushbu qismda, shuningdek, O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, ko‘hna me’moriy obidalari va xalq amaliy san’atiga ham e’tibor qaratiladi va qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda oʻtadigan tasvirga olish ishlari masalasi muhokama qilindi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website 🔵 Facebook 📷 Instagram 🚀 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi huzurida quyidagi tarkibda Animatsion filmlar bo‘yicha Badiiy kengash tuzildi.
1. Mavzur Maxmudov – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, animatsion filmlar rejissyori;
2. Nigora Xaydarova – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, Animatsiya san’ati bo‘yicha san’atshunoslik fanlari falsafa doktori;
3. Muazzam Ibrohimova – bolalar psixologi va shifokori. Bolalar yozuvchisi, shoir, publitsist;
4. Zulfiya Qurolboy qizi – ssenarist, dramaturg;
5. Shokir Holiqov – kinorejissyor, ssenarist.
Animatsiya filmlar bo‘yicha Badiiy kengashning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- yosh tomoshabinlarning talab va istaklarini o‘rganish asosida animatsion filmlarning mavzu va janrlarini shakllantirib borish va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy animatsion filmlarning g‘oyaviy, ma’naviy va badiiy saviyasini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
- yuqori saviyadagi animatsion va bolalar filmlari hamda yumoristik kinojurnallar yaratish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislar ijodiga ko‘maklashish va boshqa vazifalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi lavozimiga Haydarov Abdulatif Ibragimovich saylangan edi.

Forwarded from ВГИК Ташкент
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxt kinoteatrlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish
“Renessans” kino uyida Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xadjayev rahbarligida Toshkent shahridagi kinoteatrlar rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Majlisda kinoteatrlarning repertuar rejasi, unda milliy va xorijiy kontentning o‘rni, namoyish etilayotgan xorijiy filmlarning badiiy saviyasi, ideologiyasi muhokama qilindi. Respublikamizda film prokati masalasini rivojlantirish, yuzaga kelayotgan muammolar, filmlar namoyishiga ruxsatnoma berish tizimini takomillashtirish va shu yo‘nalishdagi kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topish bo‘yicha ham fikrlar almashildi.