Telegram Web Link
Forwarded from ВГИК Ташкент
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1 va 2 kurs talabalari S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdilar va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Talabalar o'rtasida kurs, diplom ishlari bo'yicha muzokaralar olib borildi.

📌Студенты 1 и 2 курсов Национального института художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода посетили Ташкентский филиал Всероссийского государственного университета кинематографии имени С.А.Герасимова и ознакомились с деятельностью университета. Между студентами были проведены переговоры о курсовой и дипломной работе.

@vgikTashkent✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 “Bahodir Yalangto‘sh” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali hamda Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda davlat xizmatchilaridan iborat bir guruh xodimlarning madaniy xordiq olishlarini tashkil etishdi. 300 nafardan ortiq xodimlar, jumladan, Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Toshkent shahar tuman bo‘linma rahbarlari O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar avvalo, O‘zbekiston kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Muzey orqali o‘zbek kinosi darg‘alari, ular qoldirgan madaniy meros haqida ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, “Bahodir Yalangto‘sh” filmi tomosha qilindi. Ularda buyuk sarkarda haqidagi film hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.

😀 Ma'lumot uchun, film Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Tirik tarix» loyihasi doirasidagi ilk kinokartina bo‘lib, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Filmda buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.

™️O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyining rasmiy sahifalari:
🚀Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 21 сентябр санаси Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист, "Меҳнат шуҳрати" ордени соҳибаси, элимиз суйган актриса Саида Раметова таваллуд топган кун.

Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси сизга узоқ умр, оилавий фаровонлик ва ижодий бардавомлик тилайди. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Маълумот учун, Саида Раметова "Отамдан қолган далалар", “Бомба”, "Ёлғиз ёдгорим", "Шайтанат", "Алпомиш", "Осмондаги болалар", “Ёдгор”, “Бахт учун миллион”, “Фарёд”, “Уқубат”, “Мажрух”, “Фарзандим”, “Яраланган қалб”, "Учар қиз", “Кари қиз”, “Мистер Така” каби кўплаб фильмларда ва турк ижодкорлари билан ҳамкорликда суратга олинган “Мендирман Жалолиддин” кўп қисмли телевизион фильмида ижро этган бетакрор роллари орқали томошабин меҳрини қозонган.

Ижтимоий тармоқдаги саҳифаларимиз:

Instagram | Facebook | Telegram
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
🇨🇳 Oʻzbek delegatsiyasining Xitoyda boʻlib oʻtayotgan kinofestivaldagi ishtirokidan fotolavhalar

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

👉 @k_markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 22 сентябр санаси Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси аъзоси, "Шуҳрат" медали соҳиби, постановкачи рассом Акмал Саидов таваллуд топган кун.

Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси сизга узоқ умр, оилавий фаровонлик ва ижодий бардавомлик тилайди. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Маълумот учун, Акмал Саидов “Чашма”, “Йўқолган одам”, “Нотаниш одам”, “Телба”, “Жаноб Ҳечким”, “Пойма-пой”, “Учар қиз”, “Кечикган ҳаёт”, “Афғон”, “Сеҳрли қалпоқча”, “Паризод”, “Сотқин”, “Барон”, “Ибрат”, “Ойқиз эртаги” каби кўплаб фильмларнинг постановкачи рассоми ҳисобланади.


Ижтимоий тармоқдаги саҳифаларимиз:

Instagram | Facebook | Telegram
#tavallud_ayyom

Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibasi, kino, teatr va dublyaj aktrisasi Noila Toshkenboyeva tavallud topgan kun.

Aktrisa "Kelinlar qo‘zg‘oloni", “Suyunchi”, "To‘ylar muborak", "Ko‘rgim keladi", "Tutash taqdirlar", “Gulchatoy”, “Afsus”, "Yozsiz yil", "Qabrdan qaytgan umr", "Mergan militsiya", "Katta oyi", “Vatan”, “Sardor”, "Oltin devor", “Ovchi”, "Katta urushdagi kichkina odam", “Armon” kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan.

Kinematografiya agentligi ijodkorga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va oilaviy xotirjamlik tilaydi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 07:24:29
Back to Top
HTML Embed Code: