Telegram Web Link
#PR
#Muloqot

⚡️ So'nggi yillarda mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo'yish va shu maqsadda tashkilotlarda Matbuot xizmatlarining faoliyatini samarali tashkil etishda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Kuni kecha Madaniyat vazirligida Matbuot xizmatlarining faoliyati va samaradorligi yuzasidan tizimdagi Matbuot xizmati xodimlari bilan muloqot o'tkazildi.

Muloqot Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov boshchiligida olib borildi, shuningdek vazirlik Matbuot xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi.

Muloqot kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tezkorlik va aniqlik, sodda va xalqchil tilda ommaga yetkazishga alohida urg'u berildi.

Shuningdek, muloqot davomida tizim tashkilotlaridagi Matbuot xizmatlari vakillarining taklif va tavsiyalari tinglanib, berilgan savollarga javoblar berildi.

Muloqot yakunida Matbuot xizmatlari tashkilotning ijobiy imijini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, Matbuot xizmatining yangilik, voqelikka tezkorlik bilan munosabatda bo'lishligi lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, yil yakuni bo'yicha tizim tashkilotidagi har bir Matbuot xizmatining faoliyati sarhisob qilinishi ma'lum qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ipak yo‘li” xalqaro kinofestivali (SRIFF) doirasida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbek kinosi kunlari”da namoyish etiladigan filmlar

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev germaniyalik teatr va kino tarixi bo‘yicha mutaxassis, Aberistuit universiteti faxriy professori, “Teatr, kino va televideniye” fakulteti o‘qituvchisi Birgit Beumers bilan uchrashdi

Ikki olim kino sanʼati bo‘yicha qizg‘in suhbat qurdi. Uchrashuv so‘ngida Shuhrat Rizayev Birget xonimga tashrif uchun minnatdorlik bildirar ekan, o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tib, boy tajribasi bilan bo‘lishishini so‘radi. Professor bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kinematografiya agentligi vakillari IT-forumda

2024 yil 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi vakillari Shaxram Fayziyev va Mansur Poʻlatov ICTWeek 2024 doirasidagi yirik IT-forumda ishtirok etishdi.

Forumda ishtirok etishdan maqsad – raqamli texnologiyalarni o'rganish va ularni kinematografiya sohasiga tatbiq qilish. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi innovatsion yondashuvlar davlat-xususiy sheriklik orqali kinematografiyani rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ushbu forum yangi biznes aloqalar o‘rnatish va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Turkiya Respublikasi “Ak” partiyasining sobiq deputati, “Mahalliy fikr” (“Yerli düşünse”) jurnalining bosh muharriri va oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent Turk Film festivali bosh tashkilotchisi Metin Gundog‘du, Turkiya Teleradio Kompaniyasi (TRT) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nizam Shahin bilan uchrashdi.

Metin Gundog‘du Toshkentda “Turkiya kino kunlari”, turkiyalik kinoyulduzlar ishtirokida ijodiy kecha o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, Turkiya tomonidan hamkorlikda yana bir yangi qo’shma loyiha yaratishga qiziqish bildirildi. Takliflar yuzasidan aniq xulosalar tomonlar vakillarining muzokaralari davomida hal etiladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Azamat Ziyo bilan suhbatlashdi

Agentlik rahbari akademik bilan “Tirik tarix” loyihasi doirasida va kelgusida olinadigan tarxiy filmlar ishlab chiqarishda tarixchi olimlarni, mutaxassislarni jalb qilish, kinoijodkorlar va tarixchilar o’rtasida tajriba almashinuvini keng yo’lga qo’yish masalalarini muhokama qilishdi.

18-sentabrdan 26-sentabrgacha davom etadigan kinoijodkorlar uchun “Maxsus tarix” o‘quv kurslari ham “Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarni yuksak saviyada ishlab chiqarish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Maxsus tarix" o'quv kursining ikkinchi kuni

Mashg'ulotning ikkinchi darsida davlat va jamoat arbobi, akademik Azamat Ziyo "Temuriylar" mavzusida ma'ruza o'qimoqda.

"Tirik tarix" dasturi doirasida tashkil etilgan kinoijodkorlar uchun “Maxsus tarix” o‘quv kurslari 18-26-sentabr kunlari soat 09:30 dan 12:30 ga qadar Kinematografiya agentligining “Renessans” kino uyida har kuni o‘tkazilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 10:23:11
Back to Top
HTML Embed Code: