Telegram Web Link
“ICTWEEK Uzbekistan–2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo’lib o’tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, O‘zbekistonni mintaqaviy “IT–HUB”ga aylantirish, IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish, barcha aholi punktlarini internet bilan to‘liq qamrab olish va uning tezligini 10 barobar oshirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muhokama qilish maqsadida 2024-yil 17-20-sentabr kunlari “ICTWEEK Uzbekistan–2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo’lib o’tmoqda.

Bugun 10:00 da “CAEx” majmuasida o‘tkaziladigan AKT haftaligi doirasidagi “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va to‘siqlar” forumida Kinematografiya agentligi Axborot kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mansur Po’latov ishtirok etdi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17-sentabr kuni Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi

Yig‘ilishda bir qancha yangi hujjatli, animatsion, badiiy filmlarning ssenariylari muhokamasi, ishga tushirilgan loyihalarning foto va videosinovlari ko’rigi bo’lib o’tdi, tashkiliy masalalar ko’rib chiqildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Hindiston va Buyuk Britaniyaning bir qator yirik kino kompaniyalari rahbarlari bilan ZOOM orqali suhbatlashdi

Uchrashuvda Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tojixonov, “Maya Movies” bosh direktori va “Cosmos Maya”ning boshqaruv direktori Ketan Mehta, Kembrij universiteti falsafa doktori, “Scenario Films London” bosh direktori Garet Jons, kinofestivallarga nomzod bo‘lgan filmlar va teleko‘rsatuvlar prodyuseri Fiona Xou, Buyuk Britaniyada televideniye, badiiy filmlar, radio va teatrda mukofotlarga sazovor bo‘lgan aktrisa va prodyuser, xalqaro Emmi mukofotining ovoz beruvchi a’zosi Mamata Kaash ishtirok etishdi.

Xalqaro kinokompaniya vakillari O’zbekiston bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film yaratish yuzasidan taklif bildirishdi. Muloqot davomida filmni ishlab chiqarish, g‘oyaviy-badiiy jihatlar masalalari muhokama qilindi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#masterclass

Rossiyalik rejissyor Nataliya Meshaninova va ssenariynavis Boris Xlebnikovlarning mahorat darslari


Eslatib o'tamiz, 15-sentyabrdan 19-sentyabrgacha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining 105 yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida mahorat darslari bo'lib o'tadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 17:28:02
Back to Top
HTML Embed Code: