Telegram Web Link
Forwarded from UzAuto_official
23- oktabr kuni start olgan “Automechanika Tashkent”da “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan milliy avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyish etilmoqda!

“O‘zavtosanoat” stendida “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Avtooyna” MChJ, “Autofortis” MChJ, “Auto Rubber” MChJ, “Avtokomponent” MChJ, “Avtooyna” MChJ, “Uz chasys” MChJ QK hamda “Avto Climat Control” MChJ kabi 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 50 turdagi mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin!

Shuningdek, “Automechanika Tashkent” doirasida o‘tkazilayotgan Komtrans Tashkent korgazmasida SamAuto korxonasi tomonidan LE70 Gazli avtobusining prototipi hamda yangilangan SAZ HC45 avtobusi taqdim etilmoqda.

Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasidan so‘nggi vaqtda haydovchilar va avto ixlosmandlar qiziqishiga sabab bo‘layotgan metan gaz balloni o‘rnatilgan va unda 75 ming km masofani bosib o‘tgan Chevrolet Tracker va Onix modellari o‘rin olgan. Qolaversa, Cobalt Midnigt avtomobilini ham “UzAuto Motors” povilyonida birinchilardan bo'lib ko'rish imkoniyati mavjud.

“O‘zavtosanoat” faoliyatiga doir eng so‘nggi yangiliklarni “Automechanika Tashkent” ko‘rgazmasida kuzating!

Yirik tadbir 25-oktyabrga qadar davom etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chevrolet avtomobillarining yangi imkoniyatlari “UzAuto Motors” stendida

Central Asian Expo markazidagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi o‘zining yorqin va qiziqarli stendlari namoyishi bilan davom etmoqda.

“UzAuto Motors” AJ O‘zbekistondagi yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida ko‘rgazmada eng yangilangan modellarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

Stendga tashrif buyuruvchilar, haydovchilar va avtomobil ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘lgan metan gaz balloni o‘rnatilgan Chevrolet Tracker va Onix modellarini, shuningdek, tashqi ko‘rinishi yangilangan Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini birinchilardan bo‘lib ko‘rishmoqda.

Ko‘rgazma davomida “UzAuto Motors” kompaniyasining vakillari mehmonlarni samimiy kutib olishmoqda. Ular tashrif buyuruvchilarni avtomobillar bilan yaqindan tanishtirib, ularning ehtiyot qismlari, maxsus jihozlari va innovatsion yechimlari haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

Mehmonlar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidan foydalanishlari, shuningdek, avtomobillarni yaqinroq ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, Chevrolet Onix va Cobalt modellarining konstruksion sochma marketlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Bu modelar, o‘zining ergonomik dizayni, yuqori sifatli materiallari va zamonaviy texnologiyalari bilan alohida e’tiborni tortmoqda.

Avtomobil sanoatining o‘zgacha muhitidan bahramand bo‘lish va ushbu modellar bilan bevosita tanishish tashrif buyuruvchilar uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.

Keling, avtomobil sanoatidagi yangiliklardan birga bahramand bo‘laylik!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasida metan gaz ballonida 75 ming km masofani bosib o‘tgan Chevrolet Tracker va Onix namoyish etilmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi!

Ko‘rgazmada avtomobil ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar namoyish etildi. “UzAuto Motors” AJ yangilangan mahsulotlarini namoyish qilib, ularning ehtiyot qismlari, maxsus jihozlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashishdi.

Barcha ishtirokchilar va tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildiramiz!
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Midnight avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi

Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda ishlab chiqariladi.

Birinchi bosqichda yangi modifikatsiya tashqi ko‘rinishini yaxshilovchi detallari bilan ajralib turadi, ularga qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar kiradi. Keyingi bosqichlarda esa interyer qismi boʻyicha qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritiladi.

Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 million so‘mga farq qiladi. Shu bilan birga, mavjud modifikatsiyaning ishlab chiqarilishi va sotuvi davom etadi, uning narxi esa o‘zgarishsiz qoladi (Cobalt GX-Style ATPlus - 147 916 000 so‘m).

Sotuvlar boshlanishi haqida qo‘shimcha ma‘lumot keyinchalik e’lon qilinadi.
UzAuto Motors запускает производство автомобилей Chevrolet Cobalt Midnight

Производство Chevrolet Cobalt Midnight освоено на автомобильном заводе в Асаке. Новая модификация будет производиться совместно с текущими модификациями модели Cobalt.

На первом этапе новая модификация будет отличаться улучшенными деталями экстерьера, среди которых оснащение светотехникой и колесными дисками в темных тонах, в последующем будут внесены дополнительные изменения в детали интерьера.

Новая модификация автомобиля Cobalt будет отличаться от текущей на 7,3 млн сумов. При этом выпуск и реализация текущей модификации будут продолжены с сохранением действующей цены (Cobalt GX-Style AT Plus - 147 916 000 сумов).

Дополнительная информация о дате начала продаж будет сообщена дополнительно.
2024/11/05 04:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: