Telegram Web Link
#TATU_Nurafshon
#Sayyor_qabul_shaklida_uchrashuv

🤩 Joriy yilning 26-sentabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O'quv ishlar bo'yicha prorektori Sultanov Djamshid Baxadirovich tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali talabalari, ularning ota-onalari va kelgusida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish istagida bo'lgan abituriyentlar bilan Sayyor qabul shaklida uchrashuv o'tkazildi. 

💬 Mazkur uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Xususan, talabalar o'qishini ko'chirish va qayta tiklash, akademik almashinuv doirasida o'rnatilgan tartib qoidalar, talabalar malaka amaliyotlarini soha korxonalarga jalb etish va bitiruvchilarni bandligini ta'minlash, bitiruvchi kurs talabalarning bitiruv malakaviy ishlarni shakllantirishda asosiy omillar va boshqa masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Talablaringizga binoan “Tabassum haftaligi” nomli tanlov o’tkaziladi!

👨‍💻 Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun siz: talabalar yoki universitet hayoti bilan bog’liq har xil quvnoq vaynlar, qiziqarli "Mem"larni o’z ijtimoiy tarmog’ingizga joylab, TATUning rasmiy sahifalarimizni (Instagram yoki Facebook) belgilab qo’yishingiz kerak bo’ladi.

✈️ telegram
📷instagram
🌐facebook

Eng kreativ video va rasmlar mualliflarini ajoyib sovg’alar kutmoqda, bular:

TATU brendi asosida tayyorlangan "Merch"lar;
Anhor lokomativ istirohat bog’iga chiptalar;
Python, Ingliz tili hamda Robototexnikadan 3 oylik bepul kurslar;
“Faol talaba” nomli sertifikat.

O’z muallifligingizda tayyorlangan materiallarni telegram orqali quyidagi manzilga yuborishingiz so’raladi:
➡️ @nodrian

🎚️ Tanlov bir hafta mobaynida davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko’p reaksiya yig'gan 10 nafar g’oliblarni esdalik sovg’alar kutmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOICA #taqdimot

🔂Joriy yilning 25-sentyabr kuni KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Elektron tijorat va savdoni raqamlashtirish”ga qaratilgan 3-bilim almashish dasturini o‘tkazdi. Ushbu tashabbus KOICAning "CIAT" (Capacity Improvement & Advancement for Tomorrow) dasturi ishtirokchilariga Koreyada oʻqish davomida egallagan bilimlarini Oʻzbekiston jamoatchiligi bilan boʻlishish imkonini beradi.

🤔 KOICAning “Bilim almashish dasturi” (KSP) Koreyaning rivojlanish tajribasi bilan bo'lishish orqali O‘zbekistonda institutsional salohiyatni oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Koreyaning Soongsil universitetining AKT-texnosiyosati magistraturasini tamomlagan Azizbek Dusmuxamedov tomonidan taqdimot bo‘lib o‘tdi. U Koreyadagi KOICA CIAT dasturining “Elektron tijorat va savdoni raqamlashtirish” nomli qimmatli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir offlayn va onlayn formatda tashkil qilinib talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🗒 Seminar davomida raqamlashtirishning jadal rivojlanayotgan asosiy tendensiyalari hamda iqtisodiy afzalliklari bo'yicha amaliy bilimlar bilan o'rtoqlashdilar. Seminar-trening davomida maʼruzachilar tomonidan barcha savollarga batafsil javob berildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KiberSport #CS #CS1.6

📱 Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Universitet AKTSIM fakulteti miqyosida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha 28-sentyabr, shanba kuni 15:00da “Jamoaviy turnir" o'tkazilmoqda.

💬 Eslatib o'tamiz, shu turdagi kibersport musobaqalari davomiy tarzda o'tkazilib boriladi. Jamoaviy turnirda ishtirok etish uchun fakultet dekanatiga 28-sentyabr 12:00gacha murojaat qilishingiz mumkin.

Turnirda qatnashish uchun jamoalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

jamoa nomi;
5 nafar ishtirokchi (bir jamoada).

Bellashuvlar A bino 207-xonada bo'lib o'tadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#BRB_TECH #tashrif

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda dual ta'limni joriy etish masalalari  ham ko'rib chiqildi.

🗒 Ma'lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o'z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o'z sohalarida yangi texnologiyalarni qo'llashdan iborat.

🔘  Telegram kanalimizni  kuzatib boring!
        
➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi


27-sentyabr kuni  Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM  rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov,   Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori  Hasan Mandal ochib berdilar.

Ta'kidlash joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 09:10:19
Back to Top
HTML Embed Code: