Telegram Web Link
#ARM #ochilish_marosimi

🖥 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

💻 Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Toshkent axborot texnogiyalari universitetida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun, 20-sentyabr kuni Universitetda yangidan barpo etilgan, 1120 kv.m. maydonga ega zamonaviy Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etib, barchani samimiy qutladi.

🗒 Markaz barcha zamonaviy jihozlarga ega bo‘lib, 450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 170 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasidan iborat.

🤫 ARMda "Silent hall" (sukunat xonasi) mavjud bo‘lib, u yerda shovqinlarsiz dars qilish, fikrlarni jamlash, online uchrashuvlar o'tkazish mumkin.

🎮 Bundan tashqari, mazkur markazda davlat OTMlari ichida yagona bo'lgan, kibersportchi talabalar uchun "Cyber club" tashkil etilgan. Unda universitet kibersport jamoalari eng yuqori tezlikli internetdan, so‘nggi rusumdagi kompyuterlardan hamda xalqaro musoboqalarda malakaga ega mentorlar maslahatlaridan foydalangan xolda yirik musobaqalarga tayyorlanishlari mumkin.

👥 Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida 600 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi jami 47 000 nomda 350 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan hamda darsliklar bilan boyitilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ARM #ochilish_marosimi

🖼 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 06:30:56
Back to Top
HTML Embed Code: