Telegram Web Link
Forwarded from TATUFF | Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TATU Farg'ona filialida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialida magistr va bakalavr bitiruvchi kurs talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

♻️ Tadbirga Farg‘ona viloyati hokimligi vakili Shohidbek Aslonov, hududiy boshqarma rahbarlari, universitet rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar va talabalarning yaqinlari tashrif buyurishdi.

🔖 2023-2024 o‘quv yilida TATU Farg'ona filialini umumiy 615 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 11 nafar magistr, 604 nafar bakalavr  darajasidagi 12 nafar imtiyozli diplomlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

🎞 Shu haqida Farg'ona telekanalining informatsion dasturi orqali maxsus lavha tayyorlanib efirga uzatildi.

Vebsayt|Youtube|Facebook|Instagram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchilar #sŏrov

🎤 Bitiruvchilarimizdan "TATU ni sog'inasizmi?" deb so'rov o'tkazdik.

Ularning javobini videoda ko'rishingiz mumkin.❤️➡️💻

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Cybersecurity #Informationsecurity #Shanghai #Seminar #TUIT

🇨🇳 4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida  kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “VECENTEK” Co.Ltd, “WUKONG TECHNOLOGIES (Sichuan) Group” Co.Ltd, “DBAPP Security (Chengdu)” Ltd, "JSY (Jishiyu) Digital Agriculture Center" kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Shanxay hamda Chengdu shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Armaniston, Bahrayin, Kamerun, Kuba, Iroq, Laos, Marokko, Janubiy Afrika, Lesoto kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Dasturiy injiniring fakulteti dekani Ro'zibayev Ortiq Baxtiyorovichning tug'ilgan kunlari!

🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #интересно

⚡️Agar bilmagan bo’lsangiz- Kanada pasporti ultrabinafsha nurlar ostida shunday ko'rinadi.



⚡️Если вы не знали — так выглядит канадский паспорт под ультрафиолетом.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezidentimiz_tavallud_ayyomi #tabrik

🇺🇿  Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Prezidentimiz ayni damda 67 yoshni qarshi olmoqda. Muhtaram Shavkat Miromonovichni ushbu qutlug' yosh bilan o‘zim va TATU jamoasi nomidan muborakbod etar ekanman, ularga tog‘dek g‘ayrat va kuch-quvvat tilayman. Oilalari va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolaman.

Davlatimizning yorqin kelajagi, xalqimizning farovon kun kechirishi yo'lida qilayotgan samarali mehnatlaringiz bardavom bo'lsin!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #KOICA
#delegatsiya

KOICA kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolariga universitetning zamonaviy muhandislik maktabi, ilmiy laboratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuvda TATUda KOICA grant mablag'lari hisobidan loyihani amalga oshirish bosqichlari, xalqaro tajriba asosida zamonaviy ta'lim yo'nalishlarini yaratish imkoniyatlari, shuningdek, ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishni birlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish (Industry-academia cooperation) muhokama qilindi. Shuningdek, keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va yangi loyihalar ustida birgalikda ishlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

🗒 Ma'lumot uchun, universitet hozirda 2022-2027-yillarga mo'ljallangan, KOICA grant mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan "TATU da biznes-IT sohasida innovatsion ta'lim tizimini yaratish" loyihasini amalga oshirmoqda.



#визит #KOICA
#делегация

Делегация во главе с директором представительства KOICA в Узбекистане господином Шин Мён Соп посетила Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми (ТУИТ).

В ходе визита членам делегации была представлена современная инженерная школа университета, научные лаборатории и проводимые в них научные исследования и разработки.

💬 На данной встрече обсуждались этапы реализации проекта, осуществляемого в ТУИТ за счет грантовых средств KOICA, возможности создания современных образовательных направлений на основе международного опыта, а также реализация новых проектов, направленных на интеграцию образования, научных исследований и производства (Industry-academia cooperation). Также обсуждались вопросы дальнейшего сотрудничества и достигнута договоренность о совместной работе над новыми проектами.

🗒Для справки: В университете в настоящее время реализуется проект «Создание инновационной системы образования в сфере бизнес-ИТ в ТУИТ», рассчитанный на 2022-2027 годы и финансируемый за счет грантовых средств KOICA.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 20:03:13
Back to Top
HTML Embed Code: