Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🌐 Dunyo universitetlar reytingida TOP-145 o'rindan joy olgan, Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta'limining yetakchi va eng qadimiy keng qamrovli universitetlaridan biri Nanjing Universiteti Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya TATU ga tashrif buyurdi.

💬 Ushbu nufuzli universitetning TATUga bo'lgan ilk tashrifidan maqsad ikki OTM o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish va mos sohalarda birgalikdagi istiqbolli rejalarni muhokama etishdan iborat bo'ldi.

🤝 Tashrif davomida universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, so'nggi amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. TATU va Nanjing universiteti rahbariyati o'rtasida tashkil etilgan uchrashuv mazmunli, ijobiy ruhda bo'lib o'tdi va hamkorlik aloqalarini rasman o'rnatishni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #rektorlar_forumi

📹 Samarqandda bo'lib o'tayotgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Tosheknt axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamov "Raqamlashtirish va Sun'iy intellekt: Oliy talimning istiqbolli transformatsiyasi" nomli panel seksiyasida moderator sifatida sho'ba ishini olib bormoqda. Mazkur panel seksiyada O'zbekiston va Qirg'izistonning 10 ta yetakchi OTMlaridan ma'ruzachilar ishtirok etib, sun'iy intellekt va uni oliy ta'lim tizimiga joriy etishga oid mavzulari bilan taqdimotlar qilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 21:25:01
Back to Top
HTML Embed Code: