#tashrif #uchrashuv
✅ Joriy yilning 11-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning yetkchi Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha bosh direktori Lin Yang (Jeremi) boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Mazkur uchrashuv kompaniya faoliyati va joriy loyihalari bilan tanishish, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasi faoliyati bo'yicha taqdimot qilinib, xalqaro bozorda 25 yildan ortiq faoliyat yurituvchi yetakchi global tarmoq yechimlari provayderi ekani, kompaniya - ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat idoralari va korporativ korxonalar kabi turli sohalarda muhim loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar muhokama qilinib, universitet va kompaniya o'rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan, universitetda ICT tarmoq akademiyasini tashkil etish, tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha takliflar bildirildi.
✈️ @tuituz_official

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli abituriyentlar!
📌 Ertaga 14-iyul kuni oliy va professional ta'lim muassasalariga test sinovlari boshlanadi, abituriyentlarga quyidagilarni eslatib o‘tamiz.
🔔 Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.
📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
👥 Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
🆔 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
🎙 Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!
🔗 Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOOKMIN #grant #TATU_talabalari
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Innovatsion biznes IT taʼlim ekotizimini tashkil etish" loyihasi doirasida 5 nafar TATU va uning hududiy filiallari bitiruvchilari Janubiy Koreyaning KOOKMIN universitetida KOICA tashkilotining to'liq grant asosida magistratura bosqichida ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ushbu grant o'z ichiga talabalarning barcha o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplaydi.
O'tkazilgan tanlov g'oliblariga Grant mukofoti sertifikatini shaxsan TATU rektori B.Maxkamov topshirdi va egallagan bilimlari asosida kelajakda yurtimiz rivojiga hissa qo'shishlariga ishonch bildirdi.