Telegram Web Link
#THE #GSDC

Ayni vaqtlarda Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tmoqda.

🗒 Mazkur xalqaro kongressda yetakchi kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida - barqarorlik uchun xalqaro hamkorlik: Tailand oliy ta'lim tajribasi, 2030 yildan keyin barqaror kelajakni ta'minlashda ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar, barqaror rivojlanishda  hamkorlikni yo'lga qo'yish va muammolar kabi mavzularda seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, ko’rgazmalar zalining O‘zbekiston pavilionida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa yetakchi OTMlar o'z stendlari bilan ishtirok etmoqdalar.

👥 Shu bilan bir qatorda, TATU rahbariyati va tashkiliy qo'mita a'zolari (Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Buyuk Britaniya va Yevropa bo’yicha tijorat direktori) Lachin Italmazova, UNESCOning Bangkokdagi ofisi Ta'lim sifat nazorati bo'limi boshlig'i - Faryal Khan hamda  Education Worldwide India kompaniyasi menejeri - Siddharth Jain bilan bir qancha uchrashuvlar tashkil etilib, universitetning xalqaro reytingga kirishi yuzasidan olib boriladigan ishlar, xalqaro grant loyihalar, xorijiy talabalarni universitetga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_OAV_Nigohida #TATU_SF

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Milliy qadriyatlar sayli" bo'lib o'tdi.

📺 Shu haqida Samarqand telekanalining Kun xabarlari informatsion dasturi orqali reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stajirovka

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti dekani T.Kuchkorov hamda tayanch doktorant T.Ochilov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o’tkazilgan yosh olimlarni xorijiy yetakchi tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tanlovida g’olib bo’lib, hozirda xalqaro QS reytingida TOP-700 o’rindagi Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida (Czech university of Life Sciences Prague) uch oylik ilmiy stajirovka o’tashmoqda.

Ilmiy stajirovka tadqiqot yo’nalishi sifatida raqamli qishloq xo’jaligi uchun sun’iy intellekt ilovalari, sun’iy yo’ldosh va UAV tasvirlariga ishlov berish, geoaxborot texnologiyalari, masofadan zondlash kabi yo’nalishlar belgilangan bo’lib, universitetning “Engineering” fakulteti yetakchi professori Jitka Kumhalova bilan hamkorlikda tadqiqot olib borishmoqda.

🤝 Stajirvoka davomida “Axborot texnologiyalari”, “IoT” va “Qishloq xo’jaligida smart texnologiyalar” laboratoriyalariga tashrif buyurildi hamda “Engineering” fakulteti mas’ullari bilan ham uchrashuv tashkil qilinib, kelgusida universitet bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish yuzasidan muzokaralar olib boriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

📌 SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

💡 JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/18 12:34:24
Back to Top
HTML Embed Code: