Telegram Web Link
#olimpiada #jarayon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi 4-kurs talabalari o‘rtasida 2024-yil 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

🗒 Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Walailak #tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Walailak universitetining o’quv hamda ilmiy faoliyati bilan tanishdi.

TATU delegatsiyasi vakillari Walailak universitetida faoliyat yuritayotgan “Digital technology in Medicine Laboratory”, IMAG Motion Capture Lab, INFORMATICS studio, GIS, Electronics engineering and IoT, SMART FARM, NATURAL SCIENCE kabi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari hamda innovatsion tadqiqot markazi ( innovation research center)ga tashrif buyurib, mazkur laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan grant loyihalar, ilmiy ishlanmalar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrif davomida ikki universitetning yosh olimlari, ilmiy tadqiqotchi hamda PO’lar uchun stajirovka dasturini yo’lga qo’yishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

8-savol: Joriy yilda imtiyozga ega abituriyentlar uchun ham qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladimi?

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

9-savol: 2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi?

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing!

Prezidentimiz har qanday yig‘ilishda xoh u Xalqaro Investitsiya Forumi bo‘lsin, xoh Ichki ishlar jamoat xavfsizligi bo‘linmasiga tashrif bo‘lsin doim ta’limning muhimligini ta’kidlab keladilar.

Ta’lim olishda boyroq oilada tug‘ilgan yoki tabiiy o‘zlashtirish qobiliyati yaxshiroq boladan ham ko‘ra aynan tirishqoq va o‘z maqsadi sari og‘ishmay harakat qiladigan insonlar muvaffaqiyatga yaxshiroq erishishini olimlar aniqlashgan. (Shu mavzuda yaxshi TED Talk bor: https://youtu.be/H14bBuluwB8 )

IT ta’lim rezidentlarimiz ochiq suhbatda eng katta muammolardan biri aynan shu - ko‘pchilik yoshlarimiz boshlagan darslarini oxiriga yetkazmay tashlab ketishini ta'kidlashmoqda. Yoki bepul onlayn Ingliz tilini o‘rganish uchun juda zo‘r loyiha qilingan: Ibrat farzandlari , boshidagi roliklarni yoshlarimiz yaxshi niyat bilan milliondan ortiq marta ko‘rib Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan, lekin 25-darsgacha zo‘rg‘a 50 mingtachasi borgan, 100-darslarga esa 10 mingtacha borgan xolos. Aynan o‘sha tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan yoshlarimiz IELTSdan ham yuqori ball olishyapti va kelgusida yaxshiroq daromad topishmoqda. Ular bilan boshida boshlagan, lekin oxiriga yetkazmay tashlab qo‘ygan millionta boshqa yoshlarning farqi faqat shu ularda tirishqoqlikni yetishmasligi. Ularni interneti va vaqti bo‘lsa ham boshqa bekorchi narsalarga chalg‘ib, o‘qishini davom ettirishga harakat qilmayapti.

Shuning uchun yozda ham internetdagi vaqtingizni bekorga sarflamay, chet tilini va kelgusida foydali ko‘nikmalarni o‘rganing. Faqat tirishqoqlik bilan belgilab olgan maqsadlaringizga erishishingiz mumkin, aks holda u faqat orzu bo‘lib qolaveradi…
#fan_olimpiadasi #taqdirlash

🇺🇿 Respublika olimpiadalarida TATU yana yetakchilik qilmoqda.

2024-yil 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Respublikamizning 17 ta oliy ta'lim muassasalaridan 67 nafar bitiruvchi talabalar ishtirokida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha natijalar:

🥇1-o‘rin - Jalolov Ibroxim
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥈2-o‘rin - Qayumjonov Jahongir
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥉3-o‘rin - Olimov Fayozbek
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali talabasi)

Eslatib o'tamiz, g'oliblar magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. 

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 00:34:45
Back to Top
HTML Embed Code: