Telegram Web Link
#diqqat #amaliyot

Diqqat E'lon!!!


🌍 O'zbekkosmos agentligining Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi universitetning 3-4-bosqich talabalari va magistrantlarini amaliyot o’tash (stajirovka) dasturiga taklif qiladi!

🔵 Amaliyot ishtirokchisiga aylanish uchun sinov (test) asosida tanlovdan o‘tishingiz kerak bo'ladi. Ushbu stajirovka davomida siz haqiqiy loyihalar bilan tanishib, kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalar sohasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo'lishingiz hamda o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni namoyish qilish uchun imkoniyatga ega bo‘lasiz.

👀Talablar:

Geoaxborot tizimlari va kosmik texnologiyalarga qiziqish;
Kuchli amaliy mashg‘ulotlarni bajarish va o‘rganishga xohish;
Yuqori texnologiyali va istiqbolli sohada ishlash istagi.

Amaliyot sanalari va sinov shakli qo‘shimcha tarzda e'lon qilinadi. Seminar va tanlovda ishtirok etish uchun arizangizni quyidagi havola orqali to‘ldirishingiz mumkin:

Havola

✍️ Sana: 15.11.2024
📍Manzil: TATU, Kompyuter injiniringi fakulteti binosi, F bino, 1-qavat, Muzokaralar  zali
🕔 Vaqt: 15:00

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live
#Innoweek_2024

🇺🇿 Ayni paytda O'zekspomarkazida “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

👥 Haftalikni Bosh vazir o'rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna kirish so'zi bilan ochib berdi, shundan so'ng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

💻 Ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligida TATU hududiy filiallari direktorlari va Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Tashev ham ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2024

Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.

💻 InnoWeek.Uz-2024 da TATU jamoasi o'z innovatsion ishlanmalari bilan faol ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekologiya

🌱 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan respublikamizda 2024-yil 15-noyabr kuni o‘tkaziladigan “Ikkilamchi qayta ishlash kuni” munosabati bilan mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🎓 Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari tomonidan har bir mahsulotdan ikkilamchi qayta ishlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.

📹 Shu haqida Xorazm MTRKning "Assalom Xorazm" dasturidagi chiqishlarida ma'lumot berdilar. Shuningdek, O'zbekiston telekanali uchun ham ushbu loyiha bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#challenge
#chellenj
#Bayroğimiz_faxrimiz
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz

🇺🇿1991-yil 18-noyabr — O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun!

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va yoshlar ittifoqi a'zolari ishtirokida #Bayroğimiz_faxrimiz xeshtegi ostida chellenjlar boshlab yuborildi.

✈️@tuituz_official
2024/11/16 12:40:34
Back to Top
HTML Embed Code: