Telegram Web Link
#uchrashuv #rektor

👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 Bugun, 3-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B.Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati, bo’lim boshliqlari, ma’sullar va Kompyuter injiniring fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Uchrashuvda dastavval, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev, Karyera markazi rahbari J.Maxmudov, "Kompleans nazorati" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Miryoqubov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Axmedjanovalar ishtirokida taqdimotlar qilindi hamda universitetda so’nggi yillar davomida erishilgan yutuqlar va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar to’g’risida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko'mak zarur bo'lsa, qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#musobaqa #counter_strike

😈 Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Dasturiy injiniring fakulteti talabalar o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:
🥇 1-o'rin - Katleti jamoasi;
🥈 2-o'rin - Friends jamoasi;
🥉 3-o'rin – Gachimuchi jamoasi qo'lga kiritdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Registration for ICT Competition 2024-2025 ME&CA is open!

Huawei invites Uzbekistan students to join ICT Competition 2024-2025 - global ICT talent exchange event which has already united more than 750 000 students from 80 countries and regions.

Don't miss the opportunity to learn advanced technologies and demonstrate your potential in ICT.

Deadline for application: October 20, 2024

💠💠💠

ICT Competition 2024-2025 ME&CA uchun ro'yxatga olish jarayoni ochiq!

Huawei O‘zbekiston talabalarini 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo’yicha global tadbir hisoblanadigan ICT Competition 2024-2025 tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024 yilning 20 oktabr kuni.

Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch

💠💠💠

Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!

Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.

Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.

Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.

Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch

#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT
#stipendiya

Yaqin vaqtlar ichida talabalarga stipendiya pullari plastik kartalariga tushirib beriladi.

Universitet miqyosidagi eng so'nggi yangiliklar faqatgina bizda, rasmiy kanalda!



В скором времени стипендии будут переведены на пластиковые карты.

Последние новости про наш университет только у нас, на официальном канале!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litva #hamkorlik

🇱🇹 Avval xabar berganimizdek, Litvaning yetakchi Vilnyus Gediminas texnika universiteti (VILNIUS TECH)da tashkil etilgan ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi treninglarida universitetimiz vakillari faol ishtirok etmoqda.

🌀 Loyiha rejasiga muvofiq, delegatsiya a’zolari joriy yilning 2-oktyabr kuni Vilnius texnika universitetining soha korxonalar bilan integratsiya (Industry-Academy Cooperation) jarayonlari bilan tanishish, shuningdek fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Litvaning “Moog – Medical Devices Manufacturing” kompaniyasi hamda “Vilnius University Hospital” ko‘p tarmoqli shifoxonasiga tashrif buyurdi.

🗒 Ma’lumot uchun: Viltechmeda 1993-yilda tashkil etilgan ilg'or tibbiy texnologiyalar kompaniyasi hisoblanib, 2008-yildan beri xalqaro Moog guruhiga tegishli. Mazkur kompaniya yuqori texnologik tibbiy qurilmalar ishlab chiqarish, shuningdek, anesteziya, neonatologiya, infuzion nasoslarga texnik xizmat ko'rsatish bilan shug‘ullanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 03:17:35
Back to Top
HTML Embed Code: