Telegram Web Link
❗️Embedded Systems Lab training course launched in Tashkent!❗️

Secure a job in one of the most in-demand IT fields — smart devices represent one of the fastest-growing global markets.
Kickstart your career: upon completion, you'll possess a solid skillset as a Junior Embedded Developer.

➡️ free course
➡️ 2 semesters
➡️ fully online
➡️ lectures in Russian language

⚠️ To join the course, you should have a basic understanding of the C programming language and achieve a high enough score on the entrance exam.

👍 Join!

#DSR #DSR_courses #dsr_training_center #ESL
#IoT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_yoshlari #Oqtosh 
#team_building #videolavha

▶️ 200 dan ziyod 2-bosqich talabalari "Oqtosh" dam olish maskanida bo'ldilar.

Muhtaram Prezidentimizning yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma'naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan barcha fakultetlar kesimida GPA ko'rsatgichi eng yuqori bo'lgan 200 dan ziyod talaba-yoshlar uchun “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanida madaniy hordiq tashkil etildi.

Oromgohda:

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol kabi sport turlaridan musobaqalar;

Intellektual bellashuvlar;

Mazali tushlik va kechki taomlar;

Dilni yayratuvchi milliy hamda xorijiy musiqa estradasida namunalarini o'zida jamlagan musiqiy tadbir tashkil etildi.

O'ylaymizki bunday tadbirlar yoshlarimizni bir maqsad yo'lida  birlashtirgan holda ularni  intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqishiga xissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ

DiqqatDiqqat!Diqqat

🏛 Universitetimizning hurmatli talabalari❗️

2024-yilning 24-sentyabr kuni soat 15:00da, Toshkent shahri Olmazor tumanining Yoshlar ittifoqi saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi YUBILEY mavsumining saralash bosqichi festivali bo‘lib o‘tadi.

💻 Universitetimizning “STATUS” jamoasi ushbu bellashuvlarda qatnashishga buyurtma bergan va 24-sentyabr kuni ishtirok etadi.

👥 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun barchangizni taklif etamiz.

Kirish bepul
📌 Mo‘ljal: Beruniy metrosi, Milliy universitet yonida.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

🎓 Hurmatli, Universitetimizning 2-3 bosqich talabalari!

📆 Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 10:00da 💳 Yagona umumrespublika protsessing markazi-UZCARD korxonasi va 💻 TATU | Karyera markazi hamkorligida «UZCARD AVLOD» dasturi doirasida maxsus uchrashuv tashkil etiladi.

🗣 Ushbu uchrashuvda siz, UZCARD kompaniyasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilayotgan «UZCARD AVLOD» dasturi haqida batafsil ma'lumot olasiz. Eng qiziq tomoni shundaki, dastur doirasida 10 nafar iqtidorli talabaga kontrakt to‘lovlari to‘lab berilishi, shu bilan birga, pullik stajirovka imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

📣 Ma'ruzachilar:

➡️ Velichko Stanislav- Kadrlar tayyorlash va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
➡️ Azizova Dinara - Marketing va reklama bo'yicha menejer;
➡️ Kulmatova Kamila -Kadrlarni jalb qilish va rivojlantirish bo'yicha menejer;
➡️ Bekmurodova Zuhra - HR biznes hamkori.

🤩 Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang❗️

🏢Tadbir o‘tkazish joyi:
📆 24-sentyabr, soat 10:30
📍 TATU, Faollar zali



Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stop_korrupsiya

👑 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida #stop_korrupsiya chellenji bo’lib o’tmoqda.

🔐 Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.

Hurmatli xodimlar va talaba-yoshlar korrupsiyaga qarshi o’tkazilayotgan chellenjda faol ishtirok eting!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 16:18:48
Back to Top
HTML Embed Code: