Telegram Web Link
#ARM #ochilish_marosimi

🖥 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

💻 Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Toshkent axborot texnogiyalari universitetida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun, 20-sentyabr kuni Universitetda yangidan barpo etilgan, 1120 kv.m. maydonga ega zamonaviy Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etib, barchani samimiy qutladi.

🗒 Markaz barcha zamonaviy jihozlarga ega bo‘lib, 450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 170 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasidan iborat.

🤫 ARMda "Silent hall" (sukunat xonasi) mavjud bo‘lib, u yerda shovqinlarsiz dars qilish, fikrlarni jamlash, online uchrashuvlar o'tkazish mumkin.

🎮 Bundan tashqari, mazkur markazda davlat OTMlari ichida yagona bo'lgan, kibersportchi talabalar uchun "Cyber club" tashkil etilgan. Unda universitet kibersport jamoalari eng yuqori tezlikli internetdan, so‘nggi rusumdagi kompyuterlardan hamda xalqaro musoboqalarda malakaga ega mentorlar maslahatlaridan foydalangan xolda yirik musobaqalarga tayyorlanishlari mumkin.

👥 Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida 600 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi jami 47 000 nomda 350 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan hamda darsliklar bilan boyitilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ARM #ochilish_marosimi

🖼 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #rektor

👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 19-20-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B.Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati, bo’lim boshliqlari, ma’sullar va “Iqtisodiyot va menejment”, “Radio va mobil aloqa”, “AKT sohasida kasb ta’limi”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Kompyuter injiniring” fakultetlari 2-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Uchrashuvda dastavval, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev, Karyera markazi rahbari J.Maxmudov, "Kompleans nazorati" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Miryoqubov, Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig’i I.Yusupovlar ishtirokida taqdimotlar qilindi hamda universitetda so’nggi 3 yil davomida erishgan yutuqlar va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko'mak zarur bo'lsa, qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 10:25:29
Back to Top
HTML Embed Code: