Telegram Web Link
#Radio

🎤 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida RADIO o'z faoliyatini boshladi!

📻
Siz radio boshlovchilikka qiziqasizmi?

🎙 O'zingizda radio boshlovchilik qobiliyati bor deb hisoblaysizmi?

🔥 Kreativ va xarizmatikmisiz?

🔸 Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🎤Bizning  KASTINGda oʻzingizni sinab ko'ring!

💬 Kasting 19 va 21-sentyabr kunlari 14:00dan 16:00gacha davom etadi.

📍Manzil: TATU media markazi
📞Murojat uchun:+998331095258
➡️Telegram: @thesanobar


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Futzal2024 #AngolaVsUkraine #SportgaMuhabbat

🏟 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari futzal bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Humo Arenada o‘tkazilayotgan Angola 🇦🇴va Ukraina 🇺🇦 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni jonli tomosha qilishmoqda!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dastur #ochilish

✅️ Kuni kecha, 17-sentyabr TATUda Dunyoning Top-300 universitetlari qatoriga kiruvchi Xitoyning Xi'an Jiaotong universiteti akademiklari va professorlari ishtirokida "Xi'an Jiaotong universiteti Markaziy Osiyo uchun IT seriyali kurslari" dasturining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🤔 Marosimni ikki universitet rahbarlari, Baxtiyor Maxkamov va Zhang Liqun o'z chiqishilari bilan ochib bergan bo'lsalar, Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari ushbu yangi bosqichdagi hamkorlik to'g'risidagi tilaklarini bildirdilar. Ushbu dastur Markaziy Osiyo boʻylab ishtirokchilarga mintaqamiz kelajagi uchun zarur boʻlgan sunʼiy intellekt, maʼlumotlar ilmi, Deep Learning  kabi sohalarda ilgʻor bilimlarga ega boʻlish imkonini beradi.

💬 Dasturda sohada faoliyat yuritayotgan TATU professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilari qatnashishi mumkin. Mazkur dastur onlayn hamda offlayn shaklda tashkil etilgan bo'lib, uning davomiyligi 5 haftani tashkil etadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga xalqaro sertifikatlar taqdim etiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK24

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligining
ikkinchi kunidan videolavha

⭕️AKT haftaligi 19-20-sentabr kunlari ham davom etadi. CAEx majmuasiga soat 9:00 dan 18:00 ga qadar tashrif buyurib, kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma va stendlar bilan bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Barchani ko'rgazmaga taklif qilamiz.  Tashrif buyuruvchilar uchun Toshkent shahrining bir qancha nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi_amalda

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish chora tadbirlari doirasida TATU Urganch filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Hindistonga safari o'lib o'tgan edi. Ushbu safar natijasida Hindistonning Vellore Institute of Technology Chennai universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, ushbu universitetda tashkil qilingan "TechnoVIT" haftaligida filialimiz bir nafar o'qituvchisi va 3 nafar talabasi ishtirok qilmoqda. Haftalik doirasida : "Artificial Intelligence & Machine Learning" hamda "Robotics"  bo'yicha kurslarda qatnashish ;
Dunyoning nufuzli universitetlari talabalari bilan bilim va ko‘nikamalar almashish;
Hindistonning yetakchi IT kompaniyalar rahbarlaridan master klasslar;
Turli xil tanlovlarda ishtirok etish;
Ko‘ngil ochar konsert, shou va tadbirlarda qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

Bunday imkoniyatlar har bir talaba yoshning kelajagida muhim o‘rin egallaydi.

Ma‘lumot o‘rnida, "TechnoVIT" haftaligi joriy yilning 9-18-sentabr kunlari Chennai shahrida bo‘lib o‘tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#obunachimizdan #kulgu_vaqti

😁 Bilimli talabalarni hech qanday sinov yenga olmasligining isboti.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Robototexnika Musoboqasi ROBBO-FEST da ishtirok etishga taklif qilamiz. Musobaqalar quyidagi to‘rt yo‘nalishda o‘tkaziladi:

Robot Football
Robot Sumo
Robot Racing
Foydali ixtirolar

Ro‘yxatdan o‘tish 2024 yilning 24-sentabrigacha ochiq.
📅 Saralash bosqichi 26-sentabr kuni o‘tkaziladi.
🏆 Final – 9-10 oktyabr.

💰 Mukofot jamg‘armasi:
1-o‘rin – 5 mln so‘m
2-o‘rin – 3 mln so‘m
3-o‘rin – 1 mln so‘m

Innovatsion ko‘nikmalaringizni namoyish etishga ulgurib qoling!

Ro‘yxatdan o‘tish
☎️ 99 028 89 88
🌐 www.cyberscience.uz
#Latviya #tashrif

🇱🇻 Bugun, 19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.

👥 Tashrifdan maqsad TATU hamda Latviya OTM va kompaniyalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Barcha tomonlar o'z taqdimotlarini namoyish etgan holda, tashkilotlar o'rtasida mos yo'nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Riga texnika universiteti bilan amalga oshiriliyotgan UzMedEn ERASMUS+ loyihasi doirasida rejalashtirilgan oktyabr oyidagi uchrashuvda Riga texnika universiteti Fan va innovatsiyalar markazi, TATU Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi o'rtasida aloqalar o’rnatishga kelishib olindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 04:20:44
Back to Top
HTML Embed Code: