Telegram Web Link
#tashrif

✅️ Kuni kecha, 17-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning yetakchi hamkor Xi'an Jiaotong universiteti prezidenti Zhang Liqun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda Xi'an Jiaotong universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida imzolangan Hamkorlik yo'l xaritasida belgilangan akademik va ilmiy almashinuvlar, qoʻshma taʼlim dasturlarini yo’lga qo’yish, qo'shma IT kurslarini tashkil qilish masalalari ikki universitet rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.

🗒 Ma’lumot uchun: Xi'an Jiaotong universiteti va TATU o'rtasida yaqindan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lib, Xitoy delegatsiyasi "ICTWEEK Uzbekistan 2024" haftaligida ham ishtirok etdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Radio

🎤 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida RADIO o'z faoliyatini boshladi!

📻
Siz radio boshlovchilikka qiziqasizmi?

🎙 O'zingizda radio boshlovchilik qobiliyati bor deb hisoblaysizmi?

🔥 Kreativ va xarizmatikmisiz?

🔸 Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🎤Bizning  KASTINGda oʻzingizni sinab ko'ring!

💬 Kasting 19 va 21-sentyabr kunlari 14:00dan 16:00gacha davom etadi.

📍Manzil: TATU media markazi
📞Murojat uchun:+998331095258
➡️Telegram: @thesanobar


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Futzal2024 #AngolaVsUkraine #SportgaMuhabbat

🏟 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari futzal bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Humo Arenada o‘tkazilayotgan Angola 🇦🇴va Ukraina 🇺🇦 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni jonli tomosha qilishmoqda!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dastur #ochilish

✅️ Kuni kecha, 17-sentyabr TATUda Dunyoning Top-300 universitetlari qatoriga kiruvchi Xitoyning Xi'an Jiaotong universiteti akademiklari va professorlari ishtirokida "Xi'an Jiaotong universiteti Markaziy Osiyo uchun IT seriyali kurslari" dasturining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🤔 Marosimni ikki universitet rahbarlari, Baxtiyor Maxkamov va Zhang Liqun o'z chiqishilari bilan ochib bergan bo'lsalar, Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari ushbu yangi bosqichdagi hamkorlik to'g'risidagi tilaklarini bildirdilar. Ushbu dastur Markaziy Osiyo boʻylab ishtirokchilarga mintaqamiz kelajagi uchun zarur boʻlgan sunʼiy intellekt, maʼlumotlar ilmi, Deep Learning  kabi sohalarda ilgʻor bilimlarga ega boʻlish imkonini beradi.

💬 Dasturda sohada faoliyat yuritayotgan TATU professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilari qatnashishi mumkin. Mazkur dastur onlayn hamda offlayn shaklda tashkil etilgan bo'lib, uning davomiyligi 5 haftani tashkil etadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga xalqaro sertifikatlar taqdim etiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK24

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligining
ikkinchi kunidan videolavha

⭕️AKT haftaligi 19-20-sentabr kunlari ham davom etadi. CAEx majmuasiga soat 9:00 dan 18:00 ga qadar tashrif buyurib, kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma va stendlar bilan bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Barchani ko'rgazmaga taklif qilamiz.  Tashrif buyuruvchilar uchun Toshkent shahrining bir qancha nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi_amalda

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish chora tadbirlari doirasida TATU Urganch filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Hindistonga safari o'lib o'tgan edi. Ushbu safar natijasida Hindistonning Vellore Institute of Technology Chennai universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, ushbu universitetda tashkil qilingan "TechnoVIT" haftaligida filialimiz bir nafar o'qituvchisi va 3 nafar talabasi ishtirok qilmoqda. Haftalik doirasida : "Artificial Intelligence & Machine Learning" hamda "Robotics"  bo'yicha kurslarda qatnashish ;
Dunyoning nufuzli universitetlari talabalari bilan bilim va ko‘nikamalar almashish;
Hindistonning yetakchi IT kompaniyalar rahbarlaridan master klasslar;
Turli xil tanlovlarda ishtirok etish;
Ko‘ngil ochar konsert, shou va tadbirlarda qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

Bunday imkoniyatlar har bir talaba yoshning kelajagida muhim o‘rin egallaydi.

Ma‘lumot o‘rnida, "TechnoVIT" haftaligi joriy yilning 9-18-sentabr kunlari Chennai shahrida bo‘lib o‘tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 16:21:46
Back to Top
HTML Embed Code: