Telegram Web Link
#festival #XON_ATLAS

💃 Bugun, 12- sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi.

👗 Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

Bugungi festivalda barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#festival #XON_ATLAS

💃 Xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos  xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivalidan videolavha

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✉️ Don’t forget that registration for our QA School: Application is still open!

If you've ever dreamt of kicking off a career in IT but find yourself uncertain about where to begin, our video was tailor-made for you

Our Senior QA Engineer and course manager Alina Chernikova will guide you through all the details! ⚙️

❗️The registration will be closed at the end of September. Apply now!

#DSR_courses #QA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👋 Meet Anna Borevich — Senior QA Engineer and the teacher of the QA School: Application course for students from Uzbekistan and Russia!

Dive into the universe of QA engineering — a career that doesn't demand coding prowess yet carries paramount significance within the industry ⚙️

➡️
You'll learn more by following these links — What is QA? and Why QA?

This course is a real opportunity to become a junior QA Engineer.
The lectures are led by current DSR Corporation engineers who are happy to share their knowledge based on expert commercial experience.
‼️ Don't forget that the registration will be closed at the end of September. Apply now!

#DSR_courses #QA
#tashrif #Qatar

Joriy yilning 11-sentyabr kuni O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo'jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrifda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, “Qatar fan va texnologiyalar parki”ida O‘zbekistonlik talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishga yuborish, shuningdek, “Qatar fan va texnologiyalar parki” va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida “Qatar fan va texnologiyalar parki”ida amalga oshirilayotgan loyihalar, ilg‘or ishlanmalar delegatsiya a’zolariga tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizni 18-sentabr kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida bo‘lib o‘tadigan “Huawei ICT Talent Summit” o‘quv sessiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadbir CAEx Hall 1 ko’rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi.

Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Huawei ICT Academy, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun imkoniyatlar haqida gapirib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, ICT Competiton 2024 - 2025 tanlovi tafsilotlari taqdim etiladi.

Sammitga kirish ochiq, iltimos ICTWEEK24 da roʻyxatdan oʻting.

#ICTWEEK24 #Uzbekistan

💠💠💠

#HuaweiUzbekistan приглашает принять участие в образовательной сессии «Huawei ICT Talent Summit», которая пройдет 18 сентября с 09:00 до 12:00 в рамках ICTWEEK UZBEKISTAN 2024. Мероприятие состоится в выставочном центре CAEx Hall 1.

На саммите будут обсуждаться ключевые вопросы развития цифровых навыков и поддержки молодых талантов в сфере технологий. Представители Huawei ICT Academy, международных организаций и ВУЗов расскажут о возможностях для студентов и поделятся последними достижениями в области образовательных технологий. Также будут представлены подробности конкурса ICT Competition 2024 - 2025.

Вход на саммит свободный, просим пройти регистрацию на ICTWEEK24

#ICTWEEK24 #Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Toshkent
🏆“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun
yordam ko‘rsatish markazi” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichining g'oliblari aniqlandi


2024/2025-o'quv yilida talabalarni turar joy bilan ta'minlashga ko'maklashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mas'ullarning talabalar turar joy bilan ta'minlash masalalari bo'yicha bilim va malaka darajasi, ommaviy axborot vositalari orqali keng targ'ib qilinganligi, ijara xonadonlari bazasini shakllantirilganligi, talabalar turar joy bilan ta'minlashda erishilgan natijalarga ko'ra;
Toshkent davlat texnika universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalar universiteti;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;

Toshkent tibbiyot akademiyasi
g'olib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

🎉G'olib bo'lgan oliy ta'lim muassasalariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 
🕊Telegram |📱Instagram |🕊Twitter |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #Qatar 🇶🇦

Qatarning Doha shahrida O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti,  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo’jayev boshchiligidagi delegatsiya Qatarning Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida UDST prezidenti Dr. Salem Al-Naemi va O‘zbekistonning yetakchi OTMlari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

🤝 Uchrashuvda Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) asosiy e’tibor OTMlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi, munozaralar markazida qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion ta’lim o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlikda universitetlarning kuchli tomonlarini birlashtirish, akademik mukammallikni rivojlantirish va axborot texnologiyalari, yashil energiya, biznes boshqaruvi, fan va texnologiya sohalarida tadqiqot imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bozor talabidan kelib chiqib, turli sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

🗒 Ma’lumot o‘rnida: Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)da O‘zbekistonlik 5 nafar talabaga bakalavr bosqichida tahsil olish uchun to‘liq davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etgan. Mazkur uchrashuv yakuniga ko‘ra ushbu kvota sonini yildan yilga oshirib borish rejaga kiritildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga tashrif buyuruvchilar uchun 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Haftalikka tashrif buyurib, siz eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari haftalik turli mavzulardagi qiziqarli forum va konferensiyalarni o‘z ichga oladi. “IT ta'lim va frilansing forumi”, “IT sohasida ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” kabi tadbirlar shular jumlasidan.

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligida mehmonlarni kutayotgan tadbirlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin:

Tadbirga qiziquvchi barcha kishilar va kompaniyalarni ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Avtobuslar jo‘naydigan manzillar:

1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4)
2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
3. "Do'stlik" metro bekati
4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha)
5. Shimoliy vokzal bekati

📝Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 22:24:09
Back to Top
HTML Embed Code: