Telegram Web Link
#ğalaba #Technofest #xushxabar #TATU_talabalari

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣IT-sohasi imkoniyatlarini kashf eting!

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT-sohasiga qiziqqan barcha xotin-qizlarni GAP loyihasi doirasida tashkil qilinayotgan maxsus uchrashuvga taklif etadi!

🗓Sana: 10-sentyabr
Vaqt: 14:00
📍Manzil: TATU, Media markazi.

Ushbu tadbirda siz quyidagi muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

🔺 Qanday qilib yetakchi xalqaro universitetlarga - Stanford, Harvard va boshqalarga, 100% grant asosida kirish;

🔺 Qanday qilib kasbni o'zgartirib, IT-sohasida o'z o'rnini topish: IT-sohasiga muvaffaqiyatli o'tish va bu dinamik sohada karyera qurish;

🔺 Dasturlash haqidagi faktlar va IT-sohasida rivojlanishga yordam beruvchi hamjamiyatlar ahamiyatini  o‘rganish.

O'z bilimlaringizni oshirish va yangi imkoniyatlarni kashf etish uchun ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🔗 Ro'yxatdan o‘tish uchun havola.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Tabrik

Bugun Ma’naviy va psixologik tarbiya bo‘limi boshlig‘i Sobitova Shahnoza Shokir qizining tavallud ayyomlari.

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas

📣 Joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tadi.

📌 Shu munosabat bilan 12-sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tadi.

📸 Bunda sizni chellenjlar va fleshmoblarda oʻz faolligingizni namoyon etishingizni soʻrab qolamiz. Eng faol ishtirok etgan va milliylikni kreativ tarzda taqdim etgan ayol o'qituvchilar va talaba-qizlar fakultetlar kesimida taqdirlanadilar. Milliyligimizni targ’ib qiluvchi o’z g’oyalaringiz bilan bog’liq foto va videolaringizni quyidagi telegram manzilga 11.09.2024 yil soat 14:00ga qadar yuborishingizni so‘raymiz:
➡️@sultanova75

12- sentyabr kuni barchangizni milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda kutib qolamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🐦 “President Tech Award” tanlovi doirasida katta miqyosli Xakaton o‘tkaziladi

🗓 O‘tkazilish sanasi: 20-21-22-sentyabr, soat 09:00
📍 O‘tkazilish joyi: Turin politexnika universiteti

Yosh mutaxassislardan iborat jamoalar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalashadi:
🟢 Sun’iy intellekt texnologiyalari
🟢 Ta’limda raqamli texnologiyalar
🟢 Sog‘liqni saqlashda raqamli texnologiyalar
🟢 Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar
🟢 Qishloq xo‘jaligi va yashil energetikada raqamli texnologiyalar

Ishtirokchilar 3 kun davomida tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib borishadi.

🎉 Final bosqichida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hayʼatiga taqdim etadi. G‘olib bosh sovrin 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!

_________

🐦 A major Hackathon will take place as part of the President Tech Award

🗓 Date: September 20-21-22, 09:00 am
📍 Venue: Turin Polytechnic University

Teams of young professionals will compete across 5 categories:
🟢 Artificial Intelligence Technologies
🟢 Digital Technologies in Education
🟢 Digital Technologies in Healthcare
🟢 Entrepreneurship and FinTech
🟢 Digital Technologies in Agriculture and Green Energy

Over three days, participants will develop innovative projects under the mentorship of seasoned exports.

🎉 In the final round, the top 15 teams will present their ideas to the panel of judges. The winning team will receive a grand prize of $100,000!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
👥 Telegramdagi rasmiy sahifamiz obunachilari soni 15 000 dan oshdi!!!

🎉 Bizni kuzatishda davom eting, universitet hayotidagi eng so'nggi yangiliklar bizda!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 22:22:30
Back to Top
HTML Embed Code: