Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

✅️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 3-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrifidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

Bugungi kundagi oyning eng yuqori sifatli suratlari
, bu sizning yer tabiiy yo'ldoshi haqidagi tasavvuringizni o'zgartiradi.

Astrofotograf Dariy Kava Mirza ushbu fotosetni 81 ming rasm va 700 Gb dan ortiq ma'lumotlar asosida qayta yaratdi.



Перед вами самые качественные снимки Луны на сегодняшний день, которые изменят ваше представление о спутнике Земли.

Некий астрофотограф Дарий Кава Мирза воссоздал этот фотосет на основе 81 тысячи снимков и более 700 Гб данных.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_stajirovkalar
#Avstriya_Klagenfurt

🇦🇹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Nosirov Xabibullo Xikmatullo oʻgʻli, “Sun'iy intellekt” kafedrasi doktorantlari Begmatov Shoxrux Abduvaxob oʻgʻli va Arabboyev Muxriddin Murodjon oʻgʻli Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Avstriyada joylashgan Klagenfurt universitetining “Smart Systems Technologies” kafedrasida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.

🎓 Ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilish, stajirovka davomida olingan ilmiy-tadqiqot natijalari xorijiy nufuzli jurnallarda e'lon qilinishi reja qilingan hamda tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida foydalanishi maqsad qilingan.

💳 Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochilish_marosimi

Kuni kecha, 4-sentabr kuni TATUning eng yuqori talablarga mos ravishda qayta ta’mirlangan va jihozlangan zamonaviy, shinam B va C o‘quv binolarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va TATUda uzoq yillar mobaynida ta’lim bergan faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Marosim avvalida Universitet rektori B.Maxkamov so‘zga chiqib, barchani yana bir bor Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ushbu o'quv binolarida joylashgan fakultetlar faoliyatiga omad tiladi va hozirgi kunda Hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, Yurtboshimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga hamda TATU ni yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida yuksalib borayotganiga xissa qo'shayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir davomida binoning ramziy ochilish tasmasi kesilgach, tashrif buyurgan mehmonlar yangi ta’mirdan chiqqan o‘quv binolarida tashkil etilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 13:22:25
Back to Top
HTML Embed Code: