Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga ❗️

⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ikkinchi va yuqori kurslar uchun qo‘shimcha ravishda e'lon beriladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #yangiliklar

TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATU'da nima gaplar ?”  ko'rsatuvi.

🚨 Bugungi dasturimizda:

Barcha talabalar uchun 4-sentyabrdan 7-sentyabrgacha Orientation week (Kredit haftaligi) bo'lib o'tadi va 9-sentyabrdan boshlab dars jarayonlari boshlanadi.

Kredit haftaligida 1-kurs talabalariga universitetdagi tartib qoidalar, imkoniyatlar va shart-sharoitlar tanishtiriladi. Yuqori kurs talabalari uchun esa turli master klasslar, mentorlik soatlari va kasbiy faoliyatga oid mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.



2024-2025-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun tegishli hujjatlar qabuli Kredit haftaligi yakunigacha davom etadi.



Har bir fakultetda GPA o'rtacha ko'rsatkichi eng yuqori guruhlarni yaqin kunlarda "Syurpriz" kutmoqda.

Nima deb o'ylaysiz bu qanday xushxabar bo'lishi mumkin?

🌐 Javoblaringizni instagram sahifamizda yozib qoldirishingiz mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda Sun'iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, professor-o'qituvchilar hamda talabalar o'rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.

🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiya va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🗒Ma’lumot uchun: Hamad bin Halifa universiteti (HBKU) Qatardagi yetakchi davlat universitetlaridan biri bo’lib, 2010-yilda “Qatar Foundation” tomonidan tashkil etilgan. Dunyoning eng kuchli universitetlar bo‘yicha QS World University Rankings reytingida 183-o‘rinni egallagan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 NASA SPACE APPS CHALLENGE 2024 - ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!

🌟 Toshkentda o'tkaziladigan NASA Space Apps Challenge 2024 bilan yangi imkoniyatlar dunyosiga sho'ng'ing!

🌌 O'zbekkosmos Agentligi 2024-yil 5-6-oktabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu nufuzli xalqaro xakatonga arizalar qabuli boshlanganligini e'lon qiladi,

🔬 NASA Space Apps Challenge loyihasi o’z ichiga kosmonavtika va ma'lumotlarni qayta ishlashdan tortib, geologiya, astronomiya va STEM yo’nalishida bo'lgan keng ko’lamli mavzularni qamrab oladi. Bu loyiha o'z iste'dodingizni namoyon qilishingiz va eng noyob g'oyalaringizni amalga oshirishingiz uchun ajoyib imkoniyatlar yaratib beradi!

💡Nima uchun ishtirok etish kerak?

- NASA ning eng dolzarb muammolari ustida ishlash orqali bilimingizni yanada oshiring va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ling
- Xalqaro kosmik hamjamiyatda tajribaga boy bo’lgan aloqalarni o’rnatish imkoniyatini qo’lga kiriting
- Eng asosiysi! Ishtirok etish mutlaqo bepul!

📅 Muhim sanalar:

- Loyihada ishtirok etish uchun 2024-yil 21-sentyabrgacha ro’yxatdan o’ting
- Tanlovdan muvoffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar ro'yxati 2024-yil 28-sentyabr kuni e'lon qilinadi

🛰 Kosmik soha qiziquvchilari jamoasiga qo'shiling va koinot sanoati rivojiga o'z hissangizni qo'shing!

📝 Ishtirok etish uchun:

- NASA ning rasmiy veb-sahifasida ro'yxatdan o'ting: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/
- Tayyor jamoalarga qo’shiling yoki yangi jamoa shakllantiring:
- Loyihada ishtirok etish uchun mahalliy ro'yxatdan o'ting: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/2024-local-events/tashkent/
- Ishtirok etish arizasini to'ldiring: https://airtable.com/appXYIEISP740BHau/pagEyTRQDvwFsfK2S/form

🔔 Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! Sizni Toshkentda bo'lib o'tadigan NASA Space Apps Challenge 2024 da kutamiz.

💫 Yangiliklarni ushbu havolalar orqali kuzatib borishingiz va biz bilan doimo aloqada bo'lishingiz mumkin:
Savol-javoblar uchun: https://www.tg-me.com/NASAHackUzChat
Yangiliklarni kuzatish uchun: https://www.tg-me.com/NASASpaceAppsTashkent
🚀 NASA SPACE APPS CHALLENGE 2024 - ПРИЕМ ЗАЯВОК ОТКРЫТ!

🌟 Погрузитесь в захватывающий мир новых возможностей вместе с NASA Space Apps Challenge 2024 в Ташкенте!

🌌 Агентство Узбеккосмос с радостью объявляет о старте приема заявок на участие в международном хакатоне, который пройдет 5-6 октября 2024 года в Ташкенте.

🔬 Тематики проектов NASA Space Apps Challenge охватывают широкий спектр направлений - от космонавтики и обработки данных до геологии, астрономии и STEM-образования. Здесь вы сможете проявить свои таланты и реализовать самые смелые идеи!

💡 Почему стоит участвовать?

- Возможность расширить знания и развить творческое мышление, решая актуальные задачи NASA
- Шанс установить ценные профессиональные контакты в глобальном космическом сообществе
- Участие абсолютно бесплатно!

📅 Даты:

- Регистрация открыта до 21 сентября 2024 года
- Список участников, прошедших отбор, будет опубликован 28 сентября

🛰️ Присоединяйтесь к нашей команде космических энтузиастов и внесите свой вклад в развитие космической индустрии!

📝 Как стать участником:

- Зарегистрируйтесь на официальном сайте: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/
- Найдите команду или создайте свою
- Зарегистрируйтесь на местное мероприятие: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/2024-local-events/tashkent/
- Заполните форму заявки: https://airtable.com/appXYIEISP740BHau/pagEyTRQDvwFsfK2S/form

🔔 Не упустите свой шанс! Ждем вас на NASA Space Apps Challenge 2024 в Ташкенте.

💫 Следите за новостями и оставайтесь на связи:
Q&A чат: https://www.tg-me.com/NASAHackUzChat
Новостной канал: https://www.tg-me.com/NASASpaceAppsTashkent
❗️Ikkinchi oliy ta’limning (Ikkinchi mutaxassislik) sirtqi shakli uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga:

🗒 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2024/2025-o‘quv yili qabulida ikkinchi oliy ta’limning sirtqi shakliga hujjat topshirganlar uchun imtihonlar suhbat shaklida joriy yilning 28-29-avgust kunlari bevosita Universitetda o‘tkazilishi rejalashitirilgan.

28-avgust kuni Axborot xavfsizligi hamda Kiberxavfsizlik injiniringi yo'nalishlari;

29-avgust kuni qolgan barcha yo'nalishlar uchun suhbat jarayonlari o'tkaziladi.

💳 Talabgorlar suhbatga quyidagi hujjatlar bilan tashrif buyurishlari kerak:

Fuqarolik pasportidan 4 ta nusxa (asl nusxasi ham bo‘lishi kerak)
ID karta bo’lsa my.gov.uz dan yashash joyi haqida ham ma’lumotnomadan 4 ta nusxa;
Oliy ma'lumot to'g'risida hujjat - diplom va ilovasi asli hamda 2 tadan nusxasi;
3.5 × 4.5 rasm 8 ta;
Qog‘ozlar uchun papka (ipli) 2 ta;
Konvert A5 formatda 2 ta;

❗️Hujjatlarida kamchiligi bor talabgorlar suhbatga kiritilmaydi !

📍Manzil: Toshkent shahar, A.Temur ko'chasi, 108-uy.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 23:23:46
Back to Top
HTML Embed Code: