Telegram Web Link
#FGCH #musobaqa #TATU

Ajoyib g‘alaba!!!

🎉 Bugun 13-avgust kuni Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi. Bunda BAA va Qozoqiston terma jamoalarini ortda qoldirib g‘alaba bilan qaytishdi hamda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston terma jamoasiga 2024-yil 26-29-sentyabr kunlarida Gretsiyada bo‘lib o’tadigan musobaqada omad tilab qolamiz.

Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, TATU, IT park rezidentlari Realsoft, Robotics Lab korxonalari hamda terma jamoa ustozlari yaqindan yordam berib kelmoqda.

👥 Terma jamoalarga universitetimizning TUIT FIRST GLOBAL laboratoriyasida Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Талабаларим олдида уялиб қолмаслик учун тил ўргандим” – 67 ёшида инглиз тилидан B2 даражасини олган отахон

Абдуғофур Ҳотамов ТАТУнинг Самарқанд филиалида дарс беради. У 10 ой давомида ўқиб, инглиз тилидан B2 сертификатини олган. “Кўплаб ахборот технологияларига алоқадор терминлар инглиз тилида, талабаларнинг олдида уялиб қолмаслик учун инглиз тили курсига қатнай бошладим”, - дейди у Kun.uz’га берган интервюсида. Абдуғофур ота кунига 2-3 соат инглиз тили билан мустақил шуғулланганини айтади.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
#TATU
#TABRIK

Bugun Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich hamda AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘lining tug'ilgan kunlari!

🎉 Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #õrganish

👥 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

🗒 Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan 2024-yil 16-avgust kuni soat 19:00da Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.

Konferensiya identifikatori: 425 631 6104
Kirish kodi: 1


https://us02web.zoom.us/j/4256316104?pwd=NCkUw7t9c4AamxMaF8NPuBCV6Vl8hA.1

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat #texnikum_bitiruvchilari

Bugun, 14-avgust kunidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi.

Texnikum bitiruvchilari uchun universitetga suhbat asosida kirish imtihonlari 14-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Natijalar imtihondan keyin 1 soat ichida ma'lum bo'ladi.

Suhbat jarayonlari http://cams.tuit.uz manzili orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadqiqot

Tadqiqot: tungi turmush tarzini olib boradiganlar kunduzgi turmush tarzini olib boradiganlardan kamroq umr kechirishadi.

Ma'lum bo'lishicha, "boyqushlar" diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga ko'proq duch kelishadi va yomon odatlarga ko'proq moyil bo'lib, oxir-oqibat hayotni qisqartirishgacha olib keladi.

Tadqiqotchilar sog'liqni yaxshilash va umrni uzaytirish uchun uyqu jadvalini o'zgartirish haqida o'ylashga chaqirmoqda.

Vaqtliroq uxlashga odatlaning!


———————————————
#Исследование

Исследования: те, кто ведёт ночной образ жизни, умирают раньше тех, кто ведёт дневной образ

Оказалось, что “совы” чаще сталкиваются с хроническими заболеваниями, такими как диабет, сердечно-сосудистые болезни и гораздо больше подвержены вредным привычкам, что в конечном итоге может сократить жизнь.

Исследователи призывают задуматься о корректировке графика сна, чтобы улучшить здоровье и продлить жизнь.

Научитесь ложиться пораньше!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 09:23:30
Back to Top
HTML Embed Code: