Telegram Web Link
#uchrashuv #hamkorlik

TATU mas'ul hodimlari va Rossiyaning Uzoq Sharq Federal universiteti vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda Rossiya ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ikki va ko‘p tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Hozirgi kunda Rossiya Ta'lim va fan vazirligi federal byudjet tomonidan MDH davlatlarining ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini moliyaviy ta'minlash uchun tanlov e'lon qilingan. Ikki universitet o'rtasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #memorandum

Samarqandda 16-17-iyul kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo’lib o’tmoqda. 

🤝 Mazkur forum doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qirg’iziston Respublikasining O'sh davlat universiteti, Adam universiteti va B. Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #Xitoy

O'zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi vakillari va TATU o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Xitoy korxonalari va ishbilarmonlari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan O'zbekiston xitoylik tadbirkorlar uyushmasining Universitetimizga tashrifi davomida Xitoy OTMlariga almashinuv dasturlari orqali talabalarini yuborish, qo’shma loyihalar, karyera markazlari, talabalar amaliyoti, talabalar uchun yozgi va qishki oromgohlar, lager tadbirlari, shuningdek, fan, taʼlim, texnologiya, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilish uchun oʻzaro hamkorlikni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga rektor tashrif buyurdi.

👥 2024-yil 17-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. Baxtiyor Maxkamov Samarqand filialiga tashrif buyurdi.  Rektor filial o‘quv binosi, auditoriya xonalarning jihozlanganligi va ulardan foydalanish darajasi bilan tanishdi.  Shu bilan birga yangi 2024-2025 o‘quv yiliga  tayyorgarlik holati o‘rganildi va tahlil qilindi.

🗒 Tashrif davomida rektor B.Maxkamov filialni yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarini berdi. Filialda "Student office"ni tashkil etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar shular jumlasidan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat #kursga_qabul

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024/25-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

📌 Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar saralash asosida qabul qilinadi.

📌 Tanlov saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar uchun o‘qish davomida bazaviy hisoblash miqdorining 4-baravari miqdorida har oy rag‘batlantirib boriladi, hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Aziz talaba-yoshlar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslariga 2024-yilning 15-avgustiga qadar https://dscience.uz/ orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egasiz.

👍 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

✈️@TATUIQTIDORLITALABALARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #Yeungnam #double_degree

📣1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) o‘rtasida tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi!

TATU va uning hududiy filiallari hamda IT sohasi bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalarida 1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Dastur yo‘nalishlari:
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi (Information and Communication Engineering)
Kompyuter injiniring (Computer Engineering)

🗣O'qitish tili:
- Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur bosqichlari:
1-bosqich:
2 yil davomida TATUda o'qish.
2-bosqich: qolgan 2 yil davomida YUda o'qish.

🎓Ikki diplom:
- O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

🆔Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Transkript nusxasi
- IELTS 5.5 va undan yuqori darajadagi sertifikat

❗️Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun:
- +998 71-235-09-00
- +99871-238-55-55

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Bugun, 18-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Summer_camp

🇨🇳🇺🇿TATU talabalari dunyo universitetlar reytingida TOP-300dan joy olgan Xitoyning Xi'an Jiaotong universitetiga "Summer Camp" dasturi doirasida yetib borishdi.

🩷Endilikda talabalar bir hafta davomida universitetning taniqli professorlaridan ma'ruzlar tinglab, muloqotda bo'lishadi, BYD va Shaanxi Automobile Holdings kabi yuqori texnologiyali Xitoy kompaniyalariga tashrif buyurishadi, xalqaro talaba-yoshlar bilan madaniyat almashinuvi maqsadida davra suhbatlari, sport musobaqalari o'tkazishadi va qadimiy Sian shahrining diqqatga sazovor tarixiy joylariga tashriflar amalga oshiriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:43:28
Back to Top
HTML Embed Code: