Telegram Web Link
⚡️Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abiturientlarni vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada TATU, Toshkent shahridagi INHA va Amity universitetlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abiturientlar uchun vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bitiruvchi talaba-yoshlar uchun viloyatdagi soha korxona tashkilotlarining bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

👉
@TUITKF_UZ
#Yoshlar_oyligi_2024

⚡️TATU Qarshi filiali jamoasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogini qo‘lga kiritdi

Yoshlar oyligi doirasida yosh harbiy xizmatchilar va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi uchun futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Natijada
🥇 1-o'rinni TATU Qarshi filiali jamoasi;
🥈 2-o'rinni Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugi;
🥉 3-o'rinni esa Xalqaro innavotsion universiteti jamoasi
gʻoliblilni qoʻlga kiritdi.


🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz hamda viloyat II liga musobaqalarida omad tilab qolamiz.

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi_2024

⚡️TATU Qarshi filiali jamoasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi sohibi

Yoshlar oyligi doirasida yosh harbiy xizmatchilar va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida o‘tkazilgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi uchun futbol musobaqasidan lavha

👉
@TUITKF_UZ
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/26 01:41:57
Back to Top
HTML Embed Code: