Telegram Web Link
⚡️TALABALAR BO‘Sh VAQTI MAZMUNLI O‘TMOQDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Kompyuter injiniring fakulteti tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirlar orqali 100 dan ortiq talabalar qamrab olindi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Talabalar xavfsizligi kuni munosabati bilan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla va oliy ta’lim muassasasining o‘rni” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda filial rahbariyati va Qarshi tumanida joylashgan Mirmiron mahallasi raisi, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik holatlariga aralashib qolmasliklari, doimo sergak va ogoh bo‘lishlari lozimligi xususida ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga butunlay barham berish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
TATUQF.UZ |
⚡️ Sirtqi ta'lim haqida Sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun 2024-2025 o'quv yilining kuzgi semestr nazariy o'qish haftaliklari muddatlari quyidagi grafik bo'yicha rejalashtirilgan! 1-kurs - 18.11.2024 - 30.11.2024 2- va 4-kurs - 04.11.2024 - 16.11.2024…
⚡️SIRTQI TA’LIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABA-YOSHLARGA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan tasdiqlangan O‘quv jarayoni grafigiga ko‘ra har bir semestrda ikki hafta nazariy o‘qish belgilangan.

Qolgan haftalar talabalar uchun mustaqil ta’limga ajratilgan. Talaba ushbu davrda fanlardan berilgan amaliy topshiriqlarni, mustaqil ta’limni bajaradi va ball to‘playdi. To‘plagan baliga ko‘ra, semestr oxirida yakuniy nazorat topshirish uchun keladi.

Talabaga 1 oy davomida ham nazariy o‘qishni o‘zlashtirishga, ham topshiriqlarni bajarib topshirishga muddat kamlik qiladi. Shu sababli kamida 3 oydan keyin nazoratlar qo‘yilgan. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar 6 oyda o‘zlashtiradigan materialni sirtqi ta’limda o‘qiydiganlar 1 oyda o‘zlashtira olmaydi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ 22-СЕНТЯБР - ХАЛҚАРО АВТОМОБИЛСИЗ КУН

Саломатлик – туман бойлик. Инсон тани соғ, руҳи тетик бўлсагина, кўп ишларга қодир бўлади.

Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши масалаларига бағишланган муҳим саналар бўйича ўтказиладиган тадбирлар календар режасига мувофиқ 20-сентябр “Халқаро тозалик куни” ва 22-сентябр “Халқаро автомобилсиз кун” сифатида белгиланган.

Бир кун давомида автомобил ўрнига велосипеддан фойдаланиш ёки пиёда ҳаракатланиш орқали инсон ҳам ўз саломатлигига ёрдам беради, ҳам экология мусаффолигига ҳисса қўшади. Бутун дунёда ушбу сананинг белгиланиши ҳам бежиз эмас.

Шундай экан, “Халқаро автомобилсиз кун”да пиёда ҳаракатланиб, автомобиллардан чиқадиган заҳарли газлар миқдорини бироз бўлса-да камайтириш эвазига атроф-муҳит тозалигига ўз ҳиссамизни қўшсак кўзланган мақсад ва натижага эришамиз.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar” masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov, direktor maslahatchisi Ulug‘bek Davronov so‘zga chiqib, 2024/2025-o‘quv yilida talaba-yoshlar o‘rtasida Talabalar ligasi, Besh muhim tashabbus olimpiadasi sport musobaqalari hamda “Ma’rifat ulashib” loyihasi dorasida ijodiy uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ijara xonadonlarida yashovchi talaba-yoshlarning, yashash shart-sharoitlarini o‘rganib borish kabi vazifalar xususida so‘z bordi.

Yig‘ilishda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Har o‘quv yili boshida talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi

Ushbu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Dolzarb qirq kunlik” e’lon qilindi, “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda hududdagi yaqin ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, talaba-yoshlarga tavsiya etildi.

Tavsiya etilgan ijara xonadonlariga kelib joylashgan talaba-yoshlarning yashash shart-sharoitlarini o‘rganib maqsadida, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov rahbarligida Ishchi guruhlar tuzilib, profilaktika inspektori, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar tomonidan talaba-yoshlarning holidan xabar olish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijara xonadonlaridagi isitish tizimlari, yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiena holatlari ko‘zdan kechirilib, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/09/29 18:26:56
Back to Top
HTML Embed Code: