Telegram Web Link
#TTJga_tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori Akbar Normurodov hamda yoshlar masalalariga mas’ul rahbar-xodimlar Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida filial direktori TTJdagi yashash xonalari, oshxona va yuvinish xonalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, profilaktika inspektori Bexruz Dulonov bilan muloqot o‘tkazib, talabalar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish hamda begona shaxslarni TTJga ruhsatsiz kiritmaslik borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Filial direktori A.Normurodov talabalar turar joyida turli sport va madaniy tadbirlar tashkil etish, talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada yaxshilash maqsadida talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib borilmoqda.

Uchrashuvda yoshlar masalalariga mas’ul bo‘lgan rahbar-xodimlar ishtirok etib, talaba-yoshlarning filial odob-axloq va ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari, dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishlari, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib borishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, muloqotda filial profilaktika inspektori B.Dulonov so‘zga chiqib, har haftaning payshanba kuni “Talaba xavfsizligi” kuni deb e’lon qilinganligi, talabalarning turli huquqbuzarlik holatlariga aralashib qolmasliklari bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ Sirtqi ta'lim haqida

Sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun 2024-2025 o'quv yilining kuzgi semestr nazariy o'qish haftaliklari muddatlari quyidagi grafik bo'yicha rejalashtirilgan!

1-kurs - 18.11.2024 - 30.11.2024
2- va 4-kurs - 04.11.2024 - 16.11.2024
3- va 5-kurs - 21.10.2024 - 02.11.2024

👉@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TALABALAR BO‘Sh VAQTI MAZMUNLI O‘TMOQDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Kompyuter injiniring fakulteti tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirlar orqali 100 dan ortiq talabalar qamrab olindi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Talabalar xavfsizligi kuni munosabati bilan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla va oliy ta’lim muassasasining o‘rni” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda filial rahbariyati va Qarshi tumanida joylashgan Mirmiron mahallasi raisi, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik holatlariga aralashib qolmasliklari, doimo sergak va ogoh bo‘lishlari lozimligi xususida ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga butunlay barham berish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
2024/09/29 18:11:40
Back to Top
HTML Embed Code: