Telegram Web Link
#musobaqa

SHAXMAT bo'yicha "Hokim kubogi" sport musobaqasi

Joriy yilning 16-sentabr kuni soat 14:00 da talaba-yoshlar o'rtasida shaxmat bo'yicha "Hokim kubogi" sport musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishlari lozim.

📞 Qo‘shimcha murojaat uchun: (90)-425-99-68

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida yangi o‘quv yilining ilk kuni o‘zgacha shukuh va bayramona kayfiyatda kutib olindi.

Tadbir davomida eng yuqori ball to‘plab talabalar safiga qabul qilingan yoshlarga filial rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari so‘zga chiqishdi.

Shundan so‘ng, talabalik baxtini his qilayotgan yoshlar katta hayajonda, katta orzular bilan “Mustaqillik soati” dars mashg‘ulotlariga yo‘l olishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Президент ҳар бир камбағал оилада, айниқса, хотин-қизлар орасидан камида 1 нафар олий маълумотли бўлиши учун шароит яратилишини эълон қилди. Бунда:

- олийгоҳ, коллеж ва техникум талабаларининг ўзлаштириш кўрсаткичи камида 80 фоиз бўлса, уларга кейинги ўқув йили учун фоизсиз таълим кредити берилади;

- олийгоҳ, коллеж ёки техникумга киришда грант учун етарли баллни 80 фоизини тўплаган камбағал оила фарзандларига қўшимча грант ажратилади.

Бундан ташқари, молиявий мустақил бўлган олийгоҳларни ҳар бири йилига камида 1 миллиард сўмлик грант эълон қилади.

Бу грантлар ҳисобидан, фанларни ўзлаштиришидан келиб чиқиб, камбағал оила фарзандлари контрактининг 20 фоиздан 80 фоизгача қисми қоплаб берилади.

Камбағал оилалар фарзандларини боғча, мактаб, техникум ва олийгоҳларда сифатли таълим олишини ташкил қилиш, уларга ҳар томонлама кўмак бериш масалаларини мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева зиммасига юклатилди.

@TUITKF_UZ
⚡️2024-yil 13-sentyabr kuni soat 14.00 da viloyat musiqali drama teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomli musiqali teatr jamoasining “Jamila” spektakli premerasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu spektakl premerasiga barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from UzCERT Live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY SEMINAR

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasida katta-o‘qituvchi Saipnazarov Jonibek Muhammadiyevichning 01.02.04 – deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kassora muhitidan iborat to‘lqin o‘tkazgichlarda garmonik to‘lqinlarni tarqalish xususiyatlari” mavzusida ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ТАТУ Қарши филиали талабаси “Қашқадарё вилояти ҳокими стипендияси” соҳиби бўлди

Қашқадарё вилояти ҳокими стипендиясининг
вилоят босқичи бўлиб ўтгди.

Вилоят ишчи гуруҳи томонидан энг юқори натижаларга эришган 14 нафар ғолиблар аниқланди.

Ғолиблар орасида Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиали талабаси Негматова Севинч Эргаш қизи ҳам бор.

Маълумот учун: ғолибларга ўқув йилининг сентябр ойидан июн ойигача ҳар ой базавий ҳисоблаш миқдорининг 3 баробари миқдорида қўшимча стипендия тўлаб борилади.

@KHIKMATSAFAROV
#TTJga_tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori Akbar Normurodov hamda yoshlar masalalariga mas’ul rahbar-xodimlar Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida filial direktori TTJdagi yashash xonalari, oshxona va yuvinish xonalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, profilaktika inspektori Bexruz Dulonov bilan muloqot o‘tkazib, talabalar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish hamda begona shaxslarni TTJga ruhsatsiz kiritmaslik borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Filial direktori A.Normurodov talabalar turar joyida turli sport va madaniy tadbirlar tashkil etish, talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada yaxshilash maqsadida talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib borilmoqda.

Uchrashuvda yoshlar masalalariga mas’ul bo‘lgan rahbar-xodimlar ishtirok etib, talaba-yoshlarning filial odob-axloq va ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari, dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishlari, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib borishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, muloqotda filial profilaktika inspektori B.Dulonov so‘zga chiqib, har haftaning payshanba kuni “Talaba xavfsizligi” kuni deb e’lon qilinganligi, talabalarning turli huquqbuzarlik holatlariga aralashib qolmasliklari bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ Sirtqi ta'lim haqida

Sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun 2024-2025 o'quv yilining kuzgi semestr nazariy o'qish haftaliklari muddatlari quyidagi grafik bo'yicha rejalashtirilgan!

1-kurs - 18.11.2024 - 30.11.2024
2- va 4-kurs - 04.11.2024 - 16.11.2024
3- va 5-kurs - 21.10.2024 - 02.11.2024

👉@TUITKF_UZ
2024/09/29 16:20:07
Back to Top
HTML Embed Code: