Telegram Web Link
Қадрли ёшлар, сиз кутган кун келди!

30-июн - Ёшлар куни муносабати билан Қарши шаҳридаги Амфитеатрда шоу гала-концерт дастури ўтказилади.

Унда ўзбек эстрадасининг энг ёрқин юлдузлари Сардор Мамадалиев, Севинч Мўминова ҳамда воҳамиздаги таниқли санъаткорлар иштирок этишади.

Концерт дастури 30-июн куни 18:00да бошланади.

Ушбу концерт дастурига кириш мутлақо бепул.

👉@TUITKF_UZ
#Yangi_nafas

Bugun Qarshi shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Erta tong soat 7.00 da boshlangan bu marafon 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 500 nafardan ziyod ishtirokchilarni jam qildi.

Musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi ham ishtirok etdi.

Gʻoliblarga maxsus diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

👉
@TUITKF_UZ
Qashqadaryoda 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan katta galakonsert dasturi tashkil etildi

Galakonsert davlatimiz madhiyasi sadolari bilan boshlandi. So‘ngra viloyat hokimi Murotjon Azimov Prezidentimizning yurtimiz yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Ushbu tadbir yoshlar uchun muhim voqea bo‘lib, unda ko‘plab taniqli san’atkorlar ishtirok etdi. Galakonsert davomida yulduzlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tomoshabinlarga katta zavq bag‘ishladi. Ushbu bayram tadbirida O‘zbekistonning sevimli xonandalari va boshqa san’at vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, yosh iste’dodlar ham o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi.

Viloyatda “Yoshlar kuni”ni nishonlash tadbirlari katta qiziqish va faollik bilan o‘tdi va bu bayram ko‘plab yodda qolarli lahzalarni taqdim etdi. Shu bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhit yaratishga, ularni birlashtirishga xizmat qildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi.

Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil oʻyinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-oʻrin — $100,000
2-oʻrin — $50,000
3-oʻrin — $30,000

🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

✈️ Telegram
⚡️TATU Qarshi filiali talabasi Turkiyada o‘tkazilgan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot marosimida ishtirok etdi

Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Turkiyaning Alanya shahrida mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir guruh o‘zbek va turk shoir-yozuvchilari, fan doktorlari va talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan “Baygench” nashriyoti rahbari Arslan Bayir bu kabi taqdimot marosimlari ikki millat o‘rtasidagi adabiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tdi.

Ahamiyatlisi shundaki, mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2-bosqich talabasi Gulboeva Sabrina ham faol ishtirok etib, o‘z ijodi va IT sohasidagi erishgan yutuqlari bilan o‘zbek qizlari hech kimdan kam emasligini namoyon etdi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/09/29 06:33:33
Back to Top
HTML Embed Code: