Telegram Web Link
#Forum #Videolavha #Teambuilding

Forum doirasidagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵 "TATU yoshlari-kelajak bunyodkorlari – Qarshi-2024" forumining 2- kuni davom etmoqda. Forum doirasida tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #etnosport

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 18-20-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 500 ga yaqin talaba-yoshlar va 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilarni o'zida jamlagan "TATU yoshlari - kelajak bunyodkorlari Qarshi-2024" forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida:

Talaba-yoshlar о‘rtasida xalq o‘yinlarining unutilishi va yo‘qolib ketishining oldini olish hamda ota-bobolarimizdan meros xalq o‘yinlarini ommalashtirish maqsadida milliy sport turlari va o'zbek-xalq o'yinlari bo‘lmish  - arqon tortish, belbog‘li kurash, "Qarabtep", tosh ko‘tarish, besh tosh, chillaki hamda kamondan o'q uzish turlari bo'yicha bellashuvlar;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda Miroqi shaharchasida joylashgan Hisorak suv ombori hududi bo'ylab ekskursiyalar;

Amir Temur tomonidan qurdirilgan, Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik bo'lmish – Oqsaroy yodgorligiga bundan tashqari, Abu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi, Qarshi ko‘prigi, Hazrati Bashir maqbarasi, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Sulton Mirhaydar madrasasi va boshqa bir qator ziyoratgohlarga ekskursiyalar;

TATU va filiallarning talaba-yoshlari o'rtasida osh pishirish musobaqasi hamda sho'x-shodon musiqiy va ko'ngilochar tadbirlar;

Forum doirasida tashkil etilgan Etnofest musobaqalari hamda TATU va filiallar o'rtasida bo'lib o'tgan osh pishirish musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimlari tashkil etildi.

O'ylaymizki, bunday tadbirlar yoshlarimizni, professor-o'qituvchilarimizni ma’naviy va jismoniy salohiyatini yuksaltirishga hissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan loyihada Qashqadaryo viloyatida UZINNOCHESS volontyorlik loyihasini moliyalashtirish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Shodiev Javohir faol ishtirok etib, 18 milliondan oshiq pul mablag‘ini qo‘lga kiritdi.
Ijara xonadonlaridagi talaba-yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining Kompyuter injiniring fakulteti dekan o‘rinbosari, tyutorlar hamda profilaktika inspektori boshchiligida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida ijara xonadonlaridagi isitish tizimlari, yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiena holatlari ko‘zdan kechirilib, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

👉
@TUITKF_UZ
🏆FUTZAL bo‘yicha viloyat II liga musobaqasini TATU Qarshi filiali g‘alaba bilan boshladi

Sportning futzal turi bo‘yicha viloyat ii liga musobaqalariga start berildi.

Musobaqada viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi jamoasi bilan maydonga tushgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi 2-7 hisobida g'alaba qozondi.

Keyingi o‘yinlarda ham jamoamizdan g‘alabalar kutib qolamiz.

👉
@TUITKF_UZ
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI RAMZI ISHLAB CHIQILDI

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ramzining asosini “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” timsoli sifatida “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti obrazi tashkil etadi.

Ramzda aks ettirilgan Mustaqillik monumenti malakatimiz tarixi, bugungi kuni va kelajakning o‘zaro uyg‘unligi ifodasi sifatida talqin etilsa, uning yuksaklikka bo‘ylashishi negizida xalqimizning birligi va birdamligi, O‘zbekistonning dunyo davlatlari bilan hamjihatligi, tinchliksevar siyosati mujassamlashgan.

Shuningdek, yuqoriga intilgan chiziqlar dinamikasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi va unda belgilangan 100 ta maqsadni to‘liq hamda muvaffaqiyatli amalga oshirish ezgu g‘oyasi mavjud.
Logotipning yuqori qismida baxt-saodat, hurriyat va tinchlik timsoli hisoblangan qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan Qarshi tumanidagi 71-maktab va mahallalarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar O‘roz Haydar, Azizbek Norov bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil qilindi.

Unda yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, o‘quvchilar sevimli ijodkorlarning she’rlaridan namunalar o‘qidilar.

O‘z navbatida tadbir mehmonlari ham yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/06/26 08:11:06
Back to Top
HTML Embed Code: