Telegram Web Link
⚡️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

Xabaringiz bor, respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” loyihasiga start berilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in ketmoqda.

Ushbu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga qarashli binolarning hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Albatta, bu ekilgan ko‘chatlar havoning tozaligiga, qolaversa, tabiatning yashilligiga xizmat qiladi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHMOQ KERAK

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Unda filial direktori maslahatchisi U.Davronov, profilaktika inspektori B.Dulonov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarimizni himoya qilish, doimo ogoh va xushyor bo‘lish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini fosh etuvchi hujjatli film namoyish etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Master Admin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE LINUX

Linux tizim administratorligi kursini online o'rganing

Darslar zoom platformasi orqali o'tiladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun kanalga o'tib postga + belgisini qoldiring!

Tel: +998933754302

Telegram Instagram Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️10 апрель – Рамазон ҳайити

Ўзбекистон мусулмонлари идораси мамлакатда жорий йилда Рамазон ҳайити 10 апрель, чоршанба кунига тўғри келиши ҳақида қарор қабул қилди.
#AmirTemur #688yilligi

⚡️AMIR TEMUR TARIXIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON

Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov, Axborot ta’lim texnologiyalari va gumanitar va fanlar kafedrasi mudiri Zebo Yaxshieva so‘zga chiqib, Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati, amalga oshirgan buyuk ishlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tishdi.

Tadbirda talabalar tomonidan "Sohibqiron" dramasidan parcha namoyish etildi hamda Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir yakunida faol talaba-yoshlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/07/01 07:27:42
Back to Top
HTML Embed Code: