Telegram Web Link
⚡️Qo‘qonda oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda

Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Prezident Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va vazirlik boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov ochib berib, hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish va oliygohlarda ma’anaviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi.

Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov ham faol ishtirok etmoqda.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️"MAHALLA OBOD - YURT OBOD"

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari yurtimiz bo'ylab umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.

Shu bois, bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi ham yurtimizning yanada obodligi yo'lida erta tongdan jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

“Darhaqiqat, xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu kabi hayriya hasharlarida hamjixatlikda faol ishtirok etish biz nuroniylarga ham o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi” deydi – filial Nuroniylar kengashi raisi G‘ayrat Ubaydullayev.

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 14:27:01
Back to Top
HTML Embed Code: