Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦁CYBERKENT 2.0

2024-yilning 9-10 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 2.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, “Kiberxavfsizlik markazi” mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinishdan birida ishtirok etish imkoniyati mavjud:

Blue team (Himoyachi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 5 ta jamoa tanlab olinadi.

🔴Red team (Hujumchi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

🟢Ochiq topshiriqlar – Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.

2024-yil 27-avgustda Blue Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 14-avgustdan 24-avgustgacha qabul qilinadi.

2024-yil 17-sentyabrda Red Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 4-sentyabrdan 14-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Saralash musobaqalari ctf.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o’tadi.

❗️Ta’kidlash joizki, bir yo‘nalishda ishtirok eta turib, ikkinchisida parallel ishtirok eta olmaysiz!

“Cyberkent 2.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

Blue team (himoyachi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

Red team (hujumchi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

Ochiq topshiriqlar
🥇1-o‘rin –10 mln so‘m
🥈2-o‘rin –6 mln so‘m
🥉3-o‘rin –3 mln so‘m

Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: www.cyberkent.uz
Telegram bot: https://www.tg-me.com/CyberKentSupBot

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

⚡️TALABALAR TURAR JOYIGA ONLAYN ARIZALAR QABUL QILINADI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida uzoq hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida, talabalar turar joyi uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda.

Onlayn ariza yuborish:
👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeL7-SG6A47HAlx4EBlRfLI2I8iePHKWsylnafmKIM0M6GpKg/viewform?usp=sf_link

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qo‘qonda oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda

Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Prezident Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va vazirlik boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov ochib berib, hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish va oliygohlarda ma’anaviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi.

Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov ham faol ishtirok etmoqda.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️"MAHALLA OBOD - YURT OBOD"

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari yurtimiz bo'ylab umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.

Shu bois, bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi ham yurtimizning yanada obodligi yo'lida erta tongdan jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

“Darhaqiqat, xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu kabi hayriya hasharlarida hamjixatlikda faol ishtirok etish biz nuroniylarga ham o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi” deydi – filial Nuroniylar kengashi raisi G‘ayrat Ubaydullayev.

👉
@TUITKF_UZ
2024/09/30 02:26:13
Back to Top
HTML Embed Code: