Telegram Web Link
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
😄 Sharqshunoslar Boysun maktablarida!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dekani Chori Xusanov boshchiligida universitetning iqtidorli va jamoatchi talabalari, universitetga biriktirilgan Boysun tumanida joylashgan 6-umum ta’lim maktabiga bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi.

Suhbat davomida Chori Xusanov universitetning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, universitetda talabalarning ta’lim olishiga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Universitet Yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov universitet talabalarining ijtimoiy faolligi, universitet tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, festivallar, ko‘rik tanlovlar hamda talabalarni moddiy rag‘batlantirish shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Universitetning Prezident stipendiyasi sohibasi Sadoqat Habibullayeva esa Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga erishish uchun talabalar qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi lozimligi haqida o‘quvchilarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu tadbir o‘quvchi yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tashrif buyurgan universitetimiz turizm ilmiy amaliyoti ishtirokchisi Najmiddinova Niginaning Qozog'istondan tashrif buyurgan delegatsiya a'zosi bilan tayyorlagan reportajini e’tiboringizga havola etamiz.

💠TDShU yoshlar ittifoqi axborot xizmati
Forwarded from SHARQDAN XABARLAR
#Toshkent_bitiruvchi_va_talaba_yoshlar_loyihasi
#Media_loyiha_tanlovi

📣Sharqdan chorlov‼️

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar loyihasi” doirasida iqtidorli yoshlarni qidirmoqda!

💡
Sizda mobilografiga boʻlgan qiziqish, ijodkorlik qobiliyati bormi? Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!

📖
Iqtidorli talabalarning ijod namunalarini ragʻbatlantirish maqsadida "Talaba-yoshlar hayotiga bog’liq media loyihalari" ijodiy tanlovini eʼlon qilamiz!

❗️
Tanlovda ishtirok etuvchilardan o’zlari sur’atga olgan ishlarini namoyon qilishi talab etiladi.

🏆
Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar https://www.tg-me.com/tsuosjapan kanalida aniqlanadi va quyidagicha mukofotlanadi!


🥇- oʻrin 500.000 soʻm;
🥈- oʻrin 300.000 soʻm;
🥉- oʻrin 200.000 soʻm

📆 _Sana: 10-may 11:30

📍Manzil
: TDSHU Yaponshunoslik binosi 700-xona

📥Video loyihalarni @marufxodja ga 8-may 18:00 ga qadar yuborishingizni so’raymiz.

➡️@sharq_xabar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boysun_bahori

⚡️"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tashrif buyurgan universitetimiz turizm ilmiy amaliyoti ishtirokchisi Sanjarbek Qobiljonovning Germaniyadan tashrif buyurgan sayyohlar bilan tayyorlagan reportajini e’tiboringizga havola etamiz.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati
📢🎉🎓 #Boysun_bahori

🇺🇿 “Boysun bahori” suratlarda…

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
📩 Telegram ❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Lo‘nda iqtisod
#Taklifnoma

💠"Iqtisod va ta'lim" mavzusida davra suhbati

🏢Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ShMIST fakulteti “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi va "Iqtisodchi" intellektual klubi o'zining dastlabki davra suhbatini tashkil qilmoqda.
✳️Davra suhbati mavzusi iqtisodiyot va ta'limning o'zaro ta'sirini tahlil qilish, bu borada jahon tajribasini o’rganish hisoblanadi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad ilmiy tadqiqot va ilmiy bahs-munozalarni tashkil etish, ularda ishtirok etish ko’nikmalari shakllantirishdan iborat.
❇️Barcha iqtisodga qiziquvchilarni davra suhbatida kutib qolamiz!!!

🗓O'tkazilish vaqti: 8-may, chorshanba 11:20
📍Manzil: Oybek binosi 4-qavat, majlislar zali

Lo‘nda iqtisod|📢Telegram
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
Sharqshunoslar Boysun maktablarida!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi universitetga biriktirilgan Boysun tumanidagi 2-sonli ingiliz tili faniga ixtisoslashgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida oʻquvchilarnig bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi hamda oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkazildi.

Suhbat davomida mazkur maktab ingiliz tili faniga ixtisoslashtirilgani uchun bugungi kunda xorijiy tillarni bilish qanchalik muhimligi, xorijiy tillarni mukammal oʻrganish uchun esa tillarga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishning ahamiyati toʼgʻrisida fikr yuritildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti siyosati va turizm fakulteti dekani Chori Xusanov universitetning barcha taʼlim yoʻnalishlari jumladan, filologiya va tillarni oʻqitish (sharq tillari) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha maʼlumotlar berdi.

Universitet Yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi jumladan, "Ibrat Academy" mobil ilovasi orqali bepul tarzda sharq va gʻarb tillarini mukammal oʻrganishlari mumkinligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

"Ibrat Farzandlari" loyihasining sharq tillari boʻyicha faoliyat yuritayotgan ustozlarining koʻpchiligi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ustozlari ekanligini faxr bilan tilga oldi.

Universitetning Prezident stipendiyasi sohibasi Sadoqat Habibullayeva esa oʻzining erishgan yutuqlari boʻyicha tajribasini bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan boʻlishdi. Hozirgi kunda faqatgina ingliz tilini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan sharq tillarini ham oʻrganish lozimligini taʼkidladi

Ushbu tadbir o‘quvchi- yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:11:16
Back to Top
HTML Embed Code: